calendar 27 Mar 12:20
eye 38
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston va Misr yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosini muhokama qildilar

image

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan 27-mart kuni oʻtgan telefon orqali muloqotida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining tahlili batafsil koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Misr yetakchilari suhbatni muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birini samimiy qutlashdan boshlab, doʻst xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining energetika, togʻ-kon, charm va zargarlik tarmoqlari, sogʻliqni saqlash va telekommunikatsiya sohalari kabi yoʻnalishlarda aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Qoʻshma loyihalarni samarali amalga oshirish uchun faol muloqotlarni davom ettirish va qulay sharoitlarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib borish zarurligi taʼkidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:21
 
15
0
xs.uz

Navoiyda donorlar safi 202 nafarga yetdi

Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Qonning tirik organizmdagi ahamiyatini hech bir narsa bilan taqqoslab boʻlmaydi. U tanadagi barcha organlar faoliyatini hayotiy ozuqalar bilan taʼminlab, koʻp qon yoʻqotilishining asoratlarini faqat qon quyish bilangina bartaraf etish mumkin. Shunda ham qon quyishga muhtoj boʻlgan kishiga uning oʻzigagina xos guruh va faktordagi qondan foydalaniladi. Baxtga qarshi koʻpincha kutilmagan vaziyatlarda qonga ehtiyoj tugʻilib, uning oʻrnini biror dori-darmon yoki

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda

Ish haqi dastlabki 3 oyda 1000 yevrodan bo'ladi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:Ish beruvchi tomonidan sug'urta amalga oshirilib, hujjatlar va ish ruxsatnomalari ro'yxatdan o'tkaziladi.'Fuqaro hisobidan esa quyidagilar talab etiladi:Quyidagi'havola'orqali ish o'rni bo'yicha to'liq ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish mumkin. Ro'yxatdan o'tish 16-avgust soat 18:10 dan 20-avgust soat 18:00 gacha davom etadi.

03 Sep 21:35
 
11
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev pirotexnika buyumlariga oid muhim Qonunni imzoladi

Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritilgan.Unga koʻra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, joʻnatganlik va Oʻzbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qo

19 Aug 07:03
 
18
0
xs.uz

1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi

Ma'lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.Biroq ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to'g'risidagi ma'lumotlarni 'Talabalar turar joyi axborot tizimi'ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o'z ishini boshlamadi.Qayd etilishicha, mazkur ishlar tez orada yakuniga y