calendar 04 Mar 16:21
eye 120
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston hamshiralar assotsiatsiyasi hududiy boʻlinmalari raislari maxsus kursda oʻqitildi

image

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yiliga oʻrtacha 2,5 million odam OITS infeksiyasini yuqtirib, ularning qariyb 1 million nafari kasallik tufayli hayotdan koʻz yumadi.

Shuni inobatga olgan holda yurtimizda OIV infeksiyasini profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash sifatini oshirish muhim. Xususan, joriy yil 20-yanvar sanasida qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida ham bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim vazifalar oʻrin olgan.

Jumladan, aholi orasida OIV infeksiyasini aniqlash boʻyicha tekshiruvlar qamrovini oshirish, bemorlarga sifatli tibbiy va ruhiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, ularni zarur dori vositalari bilan toʻliq taʼminlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish kabilar shular jumlasidan.

Hujjat bilan tasdiqlangan strategiyaga muvofiq, 2023-2027-yillarda mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, keng targʻibot ishlarini oʻtkazish ham koʻzda tutilgan.

Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarni davolash, parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda Oʻzbekiston hamshiralar assotsiatsiyasi hamkorligida Assotsiatsiya raisi, uning hududiy boʻlinmalari rahbarlari 18 soatlik maxsus kursda oʻqitildi.

“OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarga palliativ yordam koʻrsatish” mavzusidagi kurslardan koʻzlangan asosiy maqsad oʻrta tibbiyot xodimlarida mazkur virus va unga qarshi turish boʻyicha zamonaviy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, kasallikni aniqlashga yordam beradigan kompleks fikrlashni rivojlantirishdan iborat.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:05
 
37
0
xs.uz

Qashqadaryoda molxonasiga kannabis ekkan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda viloyat IIB va Koson tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda'ogʻu shaydosining kirdikorlari fosh etildi, deb'xabar bermoqda'viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.Maʼlum qilinishicha, tumanning Saripul mahallasida yashovchi A.J. molxonasida togʻoraga 22 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelgani aniqlangan.'Nam holdagi kannabis oʻsimligining ogʻirligi 35,7 gramm chiqdi', deb yozadi IBB axborot xizmati.Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tum

22 Mar 08:54
 
65
0
xs.uz

Tungi klubda bir necha kishini kaltaklagan shaxs Qozogʻistondan ekstraditsiya qilindi

Toshkentdagi tungi klubda sherigini himoya qilishga uringan erkak ayovsiz kaltaklanishi oqibatida komaga tushib qolgani haqida'xabar berilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etgan erkak tergovdan qochib, qoʻshni Qozogʻistonda'qoʻlga olinganidan'soʻng, Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati'maʼlum qildi.Bildirilishicha, hozirda Akmal Shukurov Qozogʻiston Respublikasidan Toshkent shahriga ekstraditsiya qilingan va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.'Mazkur hol

18 Apr 11:07
 
24
0
xs.uz

Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash javonlari oʻrnatildi

Xalqaro terminaldagi javon joʻnash terminalining 1-qavatida joylashgan boʻlib, 24 soat davomida ishlaydi. Yuklarni bir soat saqlash uchun narx uning hajmiga qarab 15 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha etib belgilangan. Yuklar uchun standart (60x50x80 sm), oʻrta (90x50x80 sm) va katta (180x50x80 sm) hajmdagi oʻlchamlar mavjud. Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan. U ham kun-u tun faoliyat koʻrsatad

12 Apr 21:15
 
36
0
xs.uz

Toshkent deklaratsiyasi global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun uchun “yoʻl xaritasi” boʻlib xizmat qiladi

Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu tarixiy Assambleya Oʻzbekiston parlamenti mezbonligida oʻtkazildi va unda taxminan 130 davlatdan 1400 ga yaqin delegat, shu jumladan 740 nafar parlament aʼzosi, shuningdek 50 dan ortiq xalqaro va kuzatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Tadbirda 100 dan ortiq parlament spikerlari va spiker oʻrinbosarlari ishtirok etgani geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchaygan bir paytda parlament diplomat