
Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tuman koʻp tarmoqli poliklinikasiga qarashli ambulator-diagnostika markazida “Qishloq xoʻjaligi xodimlari salomatligi oyligi” aksiyasi boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida tor soha mutaxassislari tomonidan aholiga tibbiy xizmat koʻrsatildi.
Bunda zamonaviy MRT, sayyor mammografiya, EKG, UTT uskunalari uchun xoslangan maxsus mobil tibbiyot xonalari imkoniyatlaridan unumli foydalanildi.
— Ushbu ambulator-diagnostika markazi aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatishga moʻljallangan boʻlib, Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida qurilgan, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Tabassum Roʻzmetova. — Aksiya davomidagi tekshiruvlarda kasalliklar aniqlangan ehtiyojmand fuqarolar statsionar sharoitda davolanadi.
Taʼkidlash lozimki, joriy yil Qoraqalpogʻiston Respublikasida shunday tibbiy koʻriklar orqali 18-40 yoshdagi 753 ming nafar aholini profilaktik koʻrikdan, 40 va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi boʻlmagan 548 ming nafar fuqaroni yurak-qon tomir xastaligi va qandli diabet boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish rejalashtirilgan.
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y