calendar 10 Feb 18:20
eye 71
comments 0
comments Manba: xs

Mahsulot ishlab chiqarishni klaster darajasiga yetkazish – asosiy maqsad

image

Foto: Xalq so‘zi

Kuni kecha Fransiyaning “Orano Mining” kompaniyasidan bir guruh mutaxassislar «Navoiyuran» DKga xizmat safari bilan kelgani haqida xabar bergan edik. Bugun kompaniya vakillari jurnalistlar bilan muloqotda dastlabki taassurotlarini bayon etishdi.

Bertran Oliver Mari KVINIU, “Orano Mining” kompaniyasi texnologik jarayonlar boʻyicha mutaxassisi:

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻtgan yil kuzida Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarga koʻra, “Orano Mining” kompaniyasi «Navoiyuran» DK bilan keng hamkorlikni yoʻlga qoʻyish belgilandi. Shu maqsadda bizning bir guruh mutaxassislardan iborat delegatsiyamiz «Navoiyuran» DKda boʻlib turibdi. Biz oʻzimizning sohamizga oid har bir yoʻnalish boʻyicha maʼlumotlarni oʻrganish ishlarini olib boryapmiz. Bundan maqsad ishlab chiqarishni kengaytirish va uran ishlab chiqarishni klaster darajasiga yetkazishdan iborat. Oʻrganishlardan keyin qoʻshma hisobotlar qilinadi va bu hisobotlar natijasida rivojlanish chora-tadbirlari hamda strategik “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.

Yana bir muhim jihatga eʼtiboringizni qaratishingizni istar edik. Bundan besh yil oldin Oʻzbekistonga, aynan shu korxonaga tashrif buyurganimda bu yerga kirish yoki maʼlumot olish, oʻrganish mutlaqo mumkin boʻlmagan edi. Buning oqibatida esa biz qariyb hech qanday taassurotlarsiz ortga qaytgandik. Bu galgi tashrifimizdan shuni koʻrib turibmanki, hamma sharoitlar yaratilgan, xorijiy hamkorlar bilan keng hamkorlik qilish uchun yoʻllar ochilgan va biz bundan juda ham mamnunmiz. Buning natijasida shaxsan oʻzim ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv jarayonlarini va konchilik sohasidagi amaliyotlar bilan tanishishga imkonim boʻldi.

Andreas MITTLER, “Orano Mining” kompaniyasi togʻ-kon sanoati boʻyicha katta eksperti:

- “Orano Mining” kompaniyasi faoliyati «Navoiyuran» DK bilan bir yoʻnalishda boʻlgani uchun ham oʻzaro hamkorlik qilish har jihatdan manfaatli va, albatta, juda qiziqarli deb oʻylayman. Bizning bu yerda mahalliy mutaxassislardan oʻrganadigan jihatlarimiz juda koʻpligiga amin boʻlyapman. Biz nafaqat oʻzimizning kompaniyada orttirgan tajribamizni, balki jahonning bir nechta mamlakatlari, xususan, Qozogʻiston va Mongoliyada shu yoʻnalishda olib borayotgan tajribamizni ham qoʻllab, oʻz fikrlarimiz bilan oʻrtoqlashamiz. Bizni hayratga solayotgan yana bir narsa shuki, konlar murakkab geografik-iqlim sharoitida joylashgan boʻlishi qaramasdan, uranni qazib olishda yuqori natijalarga erishilayotganligi quvonarlidir. Bunday qiyinchiliklarga va ob-havo injiqlariga qaramasdan, birgalikda uran ishlab chiqarish darajasini ikki barobarga yetkazishni maqsad qilib qoʻyganmiz. Bu natijaga erishish uchun konchilik hamda geologiya-qidiruv ishlarini raqamlashtirishni rejalashtirganmiz. Men ishonamanki, biz birgalikda fikrlashgan holda hamkorlikda bu ishlarni amalga oshira olamiz va oʻz xulosalarimizni beramiz. Albatta, xalqaro tajriba va tavsiyalarimiz har ikki tomonga ham foydali boʻladi.

 

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
62
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

16 Apr 09:11
 
28
0
xs.uz

Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'

18 Apr 11:07
 
32
0
xs.uz

Erkalatsa otasi, boshga chiqar bolasi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Farzandini suymagan inson yoʻq. Biroq uni haddan ziyod erkalatishning foydasidan zarari koʻproq. Buni yaqinla Namanganda 16 yoshli qizning avtomashina ruliga oʻtirishi oqibatida roʻy bergan fojia yana bir bor tasdiqladi.Gap shundaki, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro 'Spark' rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yoʻq qiziga ishonib topshiradi. Rulga qizi yonidagi old oʻrindiqqa esa oʻzi oʻtiradi. Bu paytda or