calendar 15 Dec 11:32
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir

Toshkentdagi mahallada simyog'ochdan o'tgan elektr simi yonib ketdi (video)

image
image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida elektr uzatish havo tarmog'idagi kabel yonib ketgani haqida videomurojaat tarqaldi. Holat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyati maʻlumot berdi.

Unga ko'ra, bugun, 15 dekabr kuni Yakkasaroy tumani "Muqumiy" ko'chasidagi xonadonlarni elektr energiyasi bilan taʻminlovchi havo elektr uzatish tarmog'ida yuklama ortib ketgan. Simlarning qisqa tutashuvi esa yong'inni keltirib chiqargan.

Qayd etilishicha, respublika bo'ylab havo haroratining keskin sovib ketishi gaz bosimining pasayishiga sabab bo'lmoqda. Oqibatda elektr energiyasiga bo'lgan talab oshib, joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelmoqda.

"Ayni vaqtda, Yakkasaroy tumani elekt tarmoqlari korxonasining tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan avariyani tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko'rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan taʻmirlash ishlari olib borilib, avariya holati bartaraf etilmoqda", deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
61
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o

16 Apr 15:12
 
31
0
xs.uz

Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash loz

20 Mar 12:54
 
55
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

16 Apr 09:11
 
28
0
xs.uz

Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'