calendar 25 Nov 11:31
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir

Putin Yaponiyadagi elchisini Lavrovga o'rinbosar qildi

image
image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mixail Galuzinni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari etib tayinladi va bir vaqtning o'zida uni Yaponiyadagi elchi lavozimidan ozod qildi. Davlat rahbarining tegishli qarorlari bugun, 25 noyabr kuni rasmiy huquqiy axborot portalida eʻlon qilindi. 

"Galuzin Mixail Yuryevich Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari etib tayinlansin", deyiladi hujjatda. 

Ikkinchi farmonga ko'ra, Galuzin Rossiyaning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi vazifasidan ozod etilgan. 

Galuzin 1960 yilda tug'ilgan. 2014 yilda Favqulodda va muxtor elchi maqomini olgan. 

U 1983 yilda Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari institutini tamomlagan. Yapon va ingliz tillarida gaplasha oladi. 1983 yildan diplomatik faoliyatini olib bormoqda.

1983-1986 yillarda – SSSRning Yaponiyadagi elchixonasi xodimi bo'lgan. 

1992-1997 yillarda Rossiyaning Yaponiyadagi elchixonasida ishlagan. 

1999-2001 yillarda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Ikkinchi Osiyo departamenti direktori o'rinbosari bo'lgan. 

2001 yildan 2008 yilgacha Rossiyaning Yaponiyadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida ishlagan. 

2008-2010 yillarda – Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi departamenti direktori. 

2010 yil fevralidan 2012 yil oktyabrigacha – Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Uchinchi Osiyo departamenti direktori. 

2012 yil 11 oktyabrdan 2018 yil 29 yanvargacha – Rossiya Federatsiyasining Indoneziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi.
 
2012 yil 16 oktyabrdan 2018 yil 29 yanvargacha – bir vaqtning o'zida Rossiya Federatsiyasining Kiribatidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2012 yil 25 oktyabrdan 2018 yil 29 yanvargacha – bir vaqtning o'zida Rossiya Federatsiyasining Sharqiy Timordagi favqulodda va muxtor elchisi. 

2012 yil 25 oktyabrdan 2017 yil 7 avgustgacha – bir vaqtning o'zida Rossiya Federatsiyasining ASEAN’dagi doimiy vakili. 

2013 yil 15 martdan 2018 yil 29 yanvargacha – bir vaqtning o'zida Rossiya Federatsiyasining Papua-Yangi Gvineyadagi favqulodda va muxtor elchisi. 

2018 yil 29 yanvardan – Rossiya Federatsiyasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-