calendar 19 Nov 15:31
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir

Sunak Zelenskiy bilan uchrashdi. Britaniya Ukrainaga yangi qurollar vaʻda qildi

image
image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bugun, 19 noyabr kuni Kiyevga tashrif bilan keldi va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o'tkazdi, unda xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Ukraina rahbari o'zining Telegram kanalida maʻlum qildi va uchrashuvdan videoni joylashtirdi.

Videoda Sunak Ukraina Prezidenti qarorgohiga mashinada qanday yetib kelgani, Zelenskiy uni kiraverishda kutib olgani ko'rsatilgan.

"Bugungi uchrashuvda mamlakatlarimiz uchun ham, global xavfsizlik uchun ham eng muhim masalalarni muhokama qildik", deb yozadi Zelenskiy.

U Buyuk Britaniya va Ukraina "birgalikda kuchliroq" ekanini va "istalgan natijaga" erisha olishini taʻkidlagan.

Britaniya hukumati rahbari devoni Rishi Sunak Zelenskiy bilan uchrashganidan keyin rasmiy London Ukrainaga 125 ta zenit quroli va havo mudofaasi va dronlar hujumidan yaxshiroq himoyalanishi uchun maxsus texnikalar yetkazib berilishini eʻlon qildi.

"Bugun biz [Ukrainani] yangi havo hujumidan mudofaa vositalari, jumladan, zenit qurollari, radarlar va dronlar bilan taʻminlamoqdamiz, shuningdek, sovuq va qattiq qish arafasida Ukrainaga ko'rsatilayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshirmoqdamiz", degan Sunak.

Xabarda qayd etilishicha, harbiy yordamning yangi paketi hajmi 50 million funt sterlingni (59,5 million dollar) tashkil etadi. Uchrashuvda Sunak va Zelenskiy Ukrainani mojaro tugaganidan keyin "qayta qurish rejalari"ni ham muhokama qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
323
0
xs.uz

Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi

Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen

20 Mar 12:55
 
83
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
58
0
xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi