Samarqandda “Davrlarga tobe boʻlmagan meros” nomi ostida koʻrgazma oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusiga asosan Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan Turkiy tilli davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida Samarqand viloyatida umumiy 6 ta koʻrgazma ekspozitsiyalari tashkil etildi.