Samarqandda chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan “Duty Free” savdo doʻkoni ochildi


Bugun, 2022-yil 10-noyabr kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet ellik shaxslar uchun ichki hududda faoliyat yuritadigan birinchi boj olinmaydigan savdo doʻkonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Davlat bojxona qoʻmitasi Raisi A.Mavlonov, Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qoʻmitasi Raisi D.Janalinov hamda viloyat hokimligi vakillari, tadbirkorlar va bojxona xodimlari ishtirok etishmoqda.
Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarga ilgʻor xorijiy tajribalarga asoslangan qulayliklar yaratish orqali ularning sonini bir necha barobar oshirish maqsadida, Davlat Rahbarining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet ellik shaxslar uchun ichki hududda faoliyat yuritadigan boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining uchinchi turi qonunchiligimizga kiritildi.
Samarqandda aynan shu turda Respublikadagi birinchi doʻkon oʻz ishini boshladi.
Ushbu doʻkon Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslarga xizmat qiladi va bu yerda chet el va Oʻzbekiston tovarlari Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida chakana tartibda realizatsiya qilinadi.
Mazkur turdagi doʻkonlar faoliyat yuritishini tashkillashtirishda Janubiy Koreya tajribasi asos boʻldi.
Doʻkondagi chet el tovarlari shaxsni tasdiqlaydigan hujjat va uchib ketish aviachiptasi taqdim etish orqali tanlab olinadi va tanlangan tovarlar shaxsning uchib ketish kunida xalqaro aeroportlarda taqdim etiladi.
Bu kabi doʻkonlar sayyohlar uchun qulaylik yaratadi.
Taʼkidlash joizki, 10 yil oldin “Duty Free” faoliyati bilan 2-3 ta tadbirkorlik subyektlari shugʻullangan boʻlsa, bugungi kelib tadbirkorlarga berilgan yengilliklar va bu sohada yaratilgan shaffofliklar natijasida koʻplab ishbilarmonlarimiz shu turdagi doʻkonlarni ochish niyatini bildirishmoqda.
Tadbirkorlarning takliflari asosida Buxoro, Xorazm va Fargʻona viloyatlari ichki hududida ham “Duty Free” doʻkonlarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bunda bojxona organlari doimo tadbirkorlarga koʻmak berishga tayyor ekanligi taʼkidlandi.
Marosimda “Central Asia Megastar” tadbirkorlik subyektiga bojsiz savdo doʻkoni faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli litsenziya topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yil 1-yanvardan respublikamizda xorijiy sayyohlar uchun yana bir yangi qulaylik - tax free tizimi ham joriy qilinadi.
Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik oʻzgarishlar boʻlayotganini qayd etdi.'Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi Oʻzbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.Bu ' islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, toʻgʻri boʻ
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y
Qadriyatlarga hamohang ayyom
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30
Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari telefon orqali muloqot qildi
O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasidagi do'stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning eng dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.O'tgan yil avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O'zbekistonga davlat tashrifida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik bo'yicha rejalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali ishlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd