calendar 10 Oct 14:33
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir

Mirziyoyev bevosita tomosha qilgan bellashuvda Davlat Bobonov jahon chempioni bo'ldi

image
image

Bugun, 10 oktyabr kuni Toshkenta o'tkazilayotgan Jahon chempionatida Davlat Bobonov oltin medalni qo'lga kiritdi.

Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov finalda italiyalik Kristian Parlatiga qarshi tatamiga chiqdi. Bobonov raqibi ustidan g'alaba qozondi va chempionga aylandi. Davlat finalga qadar slovakiyalik Peter Zilka, koreyalik Ju Yup Han, bolgariyalik Ivaylo Ivanov va Tokio 2020 Olimpiadasi chempioni, gruziyalik Lasha Bekauri ustidan g'alaba qozongan edi.

Qayd etish kerakki, Bobonovning g'alabasiga "Humo" arenadan turib, O'zbekiston Rerpublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham guvoh bo'lgan.

10 oktyabr kungi bahslarda Davlat Bobonovdan tashqari Shohista Nazarova (-70 kg) va Gulnoza Matniyozovalar (-70 kg) ishtirok etdi. Nazarova Xitoy Taipeyi vakilasi Yu Jung Liaoga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi bilan yutqazib qo'ydi. Matniyozava esa yarim finalda xorvatiyalik Barbara Matichga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun o'tish bosqichida germaniyalik Miriam Butkereyt Matniyozova ustidan g'alaba qozondi.

Maʻlumot uchun, dzyudo bo'yicha jahon chempionati bahslari 13 oktyabrga qadar davom etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
318
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

18 Apr 11:08
 
310
0
xs.uz

Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi

Milliy olimpiya qo'mitasi xabariga ko'ra, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo'lga kiritishdi.Bronza medal:Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)Marjona Saydullayeva (1500 metr).

18 Apr 11:08
 
321
0
xs.uz

Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi

Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.

04 Apr 16:20
 
29
0
xs.uz

Suv polosi: O‘zbekiston qizlar jamoasi Osiyoda uchinchi!

Mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi 'B' guruhida Xitoy Taypeyi, Singapur va Qozog'iston jamoalariga qarshi bahs olib borgan bo'lsa, 'A' guruhida Eron, Malayziya, Xitoy va Shri-Lanka vakillari bellashdi.Olti kun davom etgan qizg'in bahslarda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 5-o'rin bilan kifoyalangan bo'lsa, qizlar jamoasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, g'oliblik uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.Yakuniy natijalarga ko'ra, O'zbekiston qizlar jamoasi bronza medaliga sazovor b