calendar 30 Sep 10:31
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir

Tayvan mojarosi: nemis qonunchilari ham Xitoyning jig'iga tegishni boshlayapti

image
image

Turli siyosiy partiyalar vakillari bo'lgan yetti nafar germaniyalik deputatlar delegatsiyasi 2-6 oktyabr kunlari Tayvan markazi Taybeyga boradi. Bu haqda kecha, 29 sentyabr kuni orol Tashqi ishlar vazirligi maʻlum qildi.

Delegatsiyaga Tayvan bilan aloqalar bo'yicha parlament guruhi raisi Klaus-Piter Uilsh boshchilik qiladi. U va uning hamkasblari orol maʻmuriyati boshlig'i Tsay Inven, uning o'rinbosari Uilyam Lay, Tashqi ishlar vaziri Jozef U, qonun chiqaruvchi yuan (parlament) spikeri Yu Sikun bilan uchrashadi va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun ilmiy parkga tashrif buyuradi.

2-3 avgust kunlari AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Taybeyga tashrifi ortidan Tayvan atrofidagi vaziyat keskinlashdi. U safarini yakunlaganidan bir kun o'tib, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Tayvan suvlaridagi oltita zonada jangovar snaryadlar bilan keng ko'lamli harbiy mashqlarni boshladi. Shundan so'ng orolga yana bir qancha xorijiy delegatsiyalar, jumladan yapon qonunchilari va frantsuz senatorlari tashrif buyurishdi. XXR bunday tashriflarni provokatsiya va Xitoyning ichki ishlariga aralashish deb baholadi.

Maʻlumot o'rnida, Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi  (1887-1975) boshchiligidagi gomindan qo'shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag'lub bo'lib, orolga qochib ketganidan beri o'z maʻmuriyati tomonidan boshqariladi. O'shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo'lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog'i va boshqa atributlarini saqlab qoldi. XXRning aksariyat davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan rasmiy pozitsiyasiga ko'ra, orol Xitoy provintsiyalaridan biri hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-