
Foto: Xalq so‘zi
Joriy yilning 29-sentyabr kuni Moʻynoq tumanida “Orol baliqlaridan 99 turli taomlar” gastronomik festivali oʻtkaziladi.
Tadbir Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moʻynoq tumani hokimligi, Qoraqalpoq umumiy ovqatlanish korxonalari uyushmasi, Madaniyat vazirligi va boshqa bir qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorligida tashkil etilmoqda.
Festival davomida hunarmandlar va yosh rassomlar koʻrgazmalarini tashkil etish ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, “Orol baliqlaridan 99 turli taomlar” festivali doirasida hududlardan tashrif buyurgan oshpazlarning baliqdan taom tayyorlash boʻyicha mahoratlari baholanib, gʻoliblarni taqdirlash marosimi hamda gala konsert oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, “Orol baliqlaridan 99 taom” gastronomik festivali dastlab, 2017-yilda “Orol va Moʻynoqning qayta tiklanishi” xalqaro ekofestivali doirasida oʻtkazilgan edi. Shundan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan festivalda nafaqat qoraqalpogʻistonlik balki, boshqa viloyatlardagi umumiy ovqatlanish korxonalarining oshpazlari, pazandalik sohasi boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchi yoshlar, uy bekalari oʻzlarining baliqdan tayyorlangan taomlari bilan ishtirok qilib kelmoqda.
Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tanzila Narbayeva “Better Cotton” xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashdi
Jeneva shahrida Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Better Cotton' xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda 'Better Cotton' dasturini amalga oshirish tajribasi va bu yoʻnalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.Uchrashuvda 'Better Cotton' dasturining nafaqat paxtachilikda sertifikatlash vositasi, b
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi
19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala
8-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
'Oʻzgidromet' 8-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 33-35html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi
15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga