
Foto: Viloyat IIB axborot xizmati
2022-yil 24-sentyabr kuni 16:00lar atrofida M-37 avtomobil yoʻlining Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududidan oʻtuvchi qismida yogʻ mahsulotlari ortilgan yuk avtomashinasining baloni yorilib ketishi natijasida transport vositasi agʻdarilib, ichidagi yogʻ mahsulotlari toʻkilib ketgan.
Hodisa oqibatida jarohat olganlar yoʻq.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qiladi viloyat IIB axborot xizmati.
Oʻzbekistonda uy-joy narxlari haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat
2024-yilda uy-joy bozoridagi narxlar oʻsishi toʻxtaganiga qaramay, narxlar hali ham oʻzining haqiqiy qiymatidan oʻrtacha 17 foizga yuqori boʻlib qolmoqda. Bu haqida Markaziy bankning soʻnggi tahlillari keltirilgan 'Moliyaviy barqarorlik sharhi'da maʼlum qilindi.Unda aytilishicha, 2024-yilda uy-joylarning bozor narxi fundamental narxiga nisbatan 17 foizga yuqori shakllangan. Shuningdek, koʻchmas mulk bozorida faollik pasaygan. Banklar tomonidan ipoteka kredit ajratish standartlari esa qat
Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi
2025-yil 2-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv chogʻida elchining Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyati sarhisob qilinib, uning soʻnggi toʻrt yil davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi alohida eʼtirof etildi.Muloqot davomida parlamentlararo h
Oʻzbekiston Prezidenti Afgʻoniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan Afgʻoniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziyni qabul qildi.Suhbat avvalida vazir Oʻzbekiston yetakchisiga Afgʻoniston rahbariyatining samimiy salomini yetkazdi.Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish
Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy