calendar 16 Aug 11:31
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir

Qrimdagi portlash sababi ochiqlandi 

image
image

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolining Jankoy tumanidagi harbiy omborda o'q-dorilarning portlashi qo'poruvchilik tufayli sodir bo'lgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bergan.

"Bugun, 16 avgust kuni ertalab qo'poruvchilik oqibatida Jankoy qishlog'i yaqinidagi harbiy omborga zarar yetdi", deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, vazirlik hyech kim jiddiy jarohat olmaganini qo'shimcha qilgan. Biroq, fuqarolik obʻyektlariga: elektr uzatish liniyalariga, elektr stantsiyalariga, temir yo'llarga va turar-joy binolariga zarar yetgan. Qo'poruvchilik oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, bugun, 16 avgust kuni Moskva vaqti bilan taxminan 06:15 da Mayskoye (Jankoy tumani) aholi punkti hududida o'q-dorilarni vaqtincha saqlash uchun ajratilgan uchastka hududida yong'in sodir bo'ldi. Yong'in oqibatida saqlanayotgan o'q-dorilar portlab ketdi. 

Qrim rahbari Sergey Aksyonovning aytishicha, ikki nafar tinch aholi yengil va o'rtacha og'irlikdagi yaralangan. Hodisa sodir bo'lgan hudud o'rab olingan, u yerdan ikki mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan.

O'q-dorilarning portlash paytida temir yo'l relslari shikastlangan, bu esa yettita yo'lovchi poyezdini kechiktirgan. Rels allaqachon tiklangan, ammo barcha xavfsizlik choralari ko'rilgandan keyingina harakat tiklanadi.

Aytish joizki, 9 avgust kuni Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolining Novofedorovka posyolkasidagi "Saki" harbiy aviabazasida ketma-ket portlashlar sodir bo'ldi. Rossiya samolyotlari Zaporojye, Nikolayev va Xerson viloyatlarini bombardimon qilish uchun aynan shu havo bazasidan  foydalanayotgandi.

Ukraina Mudofaa vazirligi portlashlarga izoh berib, yong'in sabablarini aniqlay olmaganini taʻkidlab o'tdi.

Rossiya Mudofaa vazirligining maʻlum qilishicha, portlashlar o'q-dorilarning o'z-o'zidan portlashi tufayli sodir bo'lgan. Jarohatlanganlar va bir kishi halok bo'lgani haqida xabarlar bor. 14 kishi jabrlangan.

"The Waшington Post" nashri Ukraina rasmiysiga tayanib, Qrimdagi aerodromga Ukraina maxsus kuchlari zarba berganini xabar qildi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb eʻlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʻkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, EI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʻlon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas"ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʻlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʻlon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo'shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o'tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo'qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Evropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya" banki, "Otkritiya", "Novikombank", "Promsvyazbank", "Sovkombank" va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Evropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. Urush fonida Ukrainani Evropa Ittifoqi aʻzoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-