
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni geologiya sohasidagi natijalar va yil yakunigacha boʻlgan rejalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.Islomov oxirgi yillarda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berdi. Jumladan, zamonaviy texnologiyalar joriy qilingani natijasida geologik oʻrganish va burgʻilash ishlari hajmi 1,5 barobargacha oshgani aytildi.
Yerosti qazilmalariga soliq stavkalari pasaytirilib, sohada xususiy investorlarga yoʻl ochildi. Konlarni auksion orqali sotish hisobiga, 1 milliard 400 million dollar investitsiya kiritish boshlandi.
Geologiya fanlari universiteti tashkil etilib, faoliyati eng zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor metodikalar asosida yoʻlga qoʻyildi.
Shu yil 19-may kuni boʻlgan taqdimotda Prezident “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish, uran zaxirasini oshirish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Bugun shu borada boshlangan ishlar, oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar haqida axborot berildi.
Unga koʻra, texnologik jarayon va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga oʻtkazish, uran ishlab chiqarish hajmi hamda zaxirasini 2030-yilgacha 2 barobar oshirish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari bu ishlarni samarali tashkil etish uchun “Navoiyuran”da loyiha ofisi ochish, chet ellik mutaxassislarni jalb qilib, kadrlar malakasini oshirish kerakligini taʼkidladi.
Rangli va noyob metalli konlarni oʻzlashtirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Bu borada geologik qidiruv maydonlari kengaytirilgan. Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi huzurida “Yangi kon” kompaniyasini tashkil etish koʻzda tutilgan. Bu kompaniya litiy, alyuminiy, magniy, grafit va boshqa nodir metallarni ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari ijrosini tashkillashtiradi.
Yer ostidagi qadrli neʼmatlardan yana biri – bu suv. Soʻnggi yillarda 21 ta tumanda yerosti suvining satxi 20 metrgacha pasayib ketgan. Joylarda ayrimlar buni tushunib yetmay, undan xoʻjasizlarcha foydalanmoqda. 2021-yilning oʻzida 1 ming 200 ta noqonuniy quduq burgʻilash holati aniqlangan.
Shu bois Prezidentimiz yerosti suvlaridan oqilona foydalanishni tashkil etish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Ayni maqsadda yerosti suvlarini samarasiz ishlatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yerosti suvi zaxirasini oshirish choralari koʻrilayotgani aytildi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish, Qashqadaryoda bu boʻyicha klaster tashkil etishga qaratilgan ishlar haqida ham maʼlumot berildi.
– Umuman, geologiya iqtisodiyotning oʻsishiga asosiy turtki beradigan soha. Bu boradagi salohiyatini toʻliq ishga solish kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Bobur shahrida rassomlar festivali oʻtkaziladi
Xabaringiz bor, kecha, 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash boʻyicha katta tashabbusini'ilgari surdi.Davlat rahbari raisligida bugun, boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda Bobur bobomiz siymosini abadiylashtirish maqsadida ulugʻ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etilishi qayd etildi.Shuningdek, Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini oʻtkazis
Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqlarning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi parlamenti Senati Raisi Yusuf Rizo Gʻiloni boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Tomonlar ikki davlat parlamentlaridagi doʻstlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qonun ijodkorligi boʻyicha tajri
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Samarqand davlat universiteti dotsenti xalqaro loyihada qatnashmoqda
Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Shuhrat Valiyev Hindistonda oʻtkazilayotgan 'Barqaror ekotizimlar va jamiyatlar uchun tabiatga asoslangan yechimlar' nomli xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.Mazkur loyiha BMT va Hindiston oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 15 davlatdan 19 nafar olim qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida dolzarb muammolarni hal etishga qaratilg