calendar 01 Jul 13:31
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir

Evropa Rossiyaga qarshi sanktsiyalar uchun yangi nishon topdi

image
image

Evropa Ittifoqi Rossiya oltiniga qarshi yangi sanktsiyalar ustida ishlamoqda. Bu haqda "Bloomberg" vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshlari Evropa Ittifoqi ko'rishi mumkin bo'lgan choralar haqida batafsil maʻlumot bermayapti. Taʻkidlanishicha, tashkilot G7 ning Rossiyadan oltin importini taqiqlash haqidagi qarori kontekstidagi cheklovlarni muhokama qilmoqda.

28 iyun kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden G7 davlatlari Germaniyadagi sammitdan so'ng Rossiya oltinini import qilishni to'xtatishga qaror qilganini ochiqladi. 26 iyun kuni Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Yaponiya Moskvaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban Rossiya oltinini sotib olishni taqiqlaganini eʻlon qildi.

Rossiya dunyodagi ikkinchi yirik oltin ishlab chiqaruvchi bo'lib, 2021 yilda mahsulot eksporti 12,6 milliard funt (15 milliard dollardan ortiq) deb baholangan. Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya va Kanada sektorga cheklovlar joriy etish rejalarini oshkor qilgandan so'ng, London bunday choralar Rossiyaning rejalariga jiddiy zarar yetkazishi va uning armiyani moliyalash qobiliyatiga putur yetkazishi kerakligini aytdi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb eʻlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʻkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, EI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʻlon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas"ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʻlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʻlon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo'shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o'tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo'qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Evropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya" banki, "Otkritiya", "Novikombank", "Promsvyazbank", "Sovkombank" va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Evropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. Urush fonida Ukrainani Evropa Ittifoqi aʻzoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
43
0
xs.uz

Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi

Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa

20 Mar 12:55
 
61
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres

16 Apr 09:12
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi

Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi

04 Apr 16:20
 
45
0
xs.uz

AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.