calendar 01 Jul 12:31
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir

Rus harbiylari Lisichanskga kirdi. 3 ta zavod Rossiyaga nazoratiga o'tdi 

image
image

Ittifoqchi kuchlar Lisichanskga yetib kelishdi. Uch kun ichida ular Lisichansk neftni qayta ishlash zavodini, "Matrosskaya" koni va jyelatin zavodi ustidan nazorat o'rnatishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov maʻlum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, Rossiya Qurolli Kuchlari Lisichansk hududida muvaffaqiyatli hujumni davom ettirmoqda. 

"Oxirgi uch kun ichida Lisichansk neftni qayta ishlash zavodi, "Matrosskaya" koni, jyelatin zavodi va Topolevka aholi punkti nazorat ostiga olindi. Ittifoqchi kuchlar to'g'ridan-to'g'ri Lisichanskka yo'l oldi", deydi Konashenkov.

Eslatib o'tamiz, kecha, 30 iyun kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining Lisichansk va uning atrofida joylashgan bo'linmalari chekinishni boshlagandi. 

Bundan ikki kun oldin kechqurun "Lugansk Xalq Respublikasi"ning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Rodion Miroshnik shaharning qariyb 50 foizi respublika kuchlari va Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostida ekanligi haqida taʻkidlangan edi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb eʻlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʻkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, EI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʻlon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas"ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʻlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʻlon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo'shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o'tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo'qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Evropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya" banki, "Otkritiya", "Novikombank", "Promsvyazbank", "Sovkombank" va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Evropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. Urush fonida Ukrainani Evropa Ittifoqi aʻzoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

15 Apr 07:06
 
43
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

21 Apr 08:34
 
339
0
xs.uz

Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran