calendar 01 Jul 10:52
eye 70
comments 0
comments Manba: zarnews

Samarqandda "Zukko bolajon!" fotoalbomi taqdimoti bo'lib o'tdi

image

«Yangi O'zbekiston – inson qadri ulug'langan yurt» shiori ostida viloyatda o'tkazilayotgan «Maʻnaviyat festivali» doirasida Samarqand shahridagi 36-sonli maktabgacha taʻlim tashkilotida «Zukko Bolajon» fotoalbomi taqdimotiga bag'ishlangan badiiy-musiqali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda poytaxtimizdan kelgan bir guruh ijodkorlar, olimlar, sanʻatkorlar hamda "Maʻrifat" targ'ibotchilar jamiyati aʻzolari ishtirok etdi.

- Maʻnaviy-maʻrifiy sohadagi islohotlar, o'zgarishlarni eng quyi bosqich – maktabgacha taʻlim tashkilotidan boshlasakkina kutilgan natijaga erishamiz, - dedi Prezidentning yoshlar, fan, taʻlim, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari Nodirjon Xolbo'tayev. - Zero, davlatimiz rahbari taʻbiri bilan aytganda «Har bir bola – bamisoli o'sib, kuchga to'layotgan, parvarishga muhtoj nozik nihol. Binobarin, uni hyech qachon mehr va eʻtibordan chetda qoldirib bo'lmaydi.

Ushbu «Zukko Bolajon!» fotoalbomi respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi, Maktabgacha taʻlim vazirligi, «Maʻrifat» targ'ibotchilar jamiyati hamkorligida tayyorlangan.

Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash instituti professori Zuhra Ismoilova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, shoira Sayyora To'ychiyeva so'zga chiqib, bolajonlarga samimiy tilaklarini bildirdi. Ular bugungi kunda mamlakatimizda farzandlarimiz manfaatlarini himoya qilish, ularning jahon andozalariga muvofiq bilim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida to'xtaldi.

Tadbir davomida "Zukko Bolajon!" fotoalbomi 36-sonli maktabgacha taʻlim muassasasiga topshirildi.

Tadbirda sahnaga bolajonlar taklif etildi, ular bolalikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar hamda «Samarqand qizlari», «Andijon polkasi» nomli sho'x raqslar bilan ishtirokchilar kayfiyatini ko'tardi.

Shuningdek, tadbir davomida soha xodimlari uchun shuʻbalarga bo'lingan holda bola tarbiyasi hamda uning maʻnaviy kamoloti xususida seminar-trening o'tkazildi.

«Zukko Bolajon!» loyihasi doirasida fotoko'rgazma hamda Samarqand qo'g'irchoq teatri tomonidan tomoshalar namoyish etildi. Kulolchilikka qiziqishi bo'lgan bolalar uchun darslar tashkil qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:29
 
3
0
xs.uz

Oʻzbek sheʼriyatining otashnafas shoiri Azim Suyunning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 20-iyun kuni, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida oʻzbek sheʼriyatining otashnafas shoiri Azim Suyunning 'Tanlangan asarlar' kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbir yurtimizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan ijodkorlar, adabiyotshunoslar, yosh shoirlar hamda kitobsevarlar uchun haqiqiy adabiy bayramga aylandi.​Taqdimot marosimini Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Sirojiddin Sayid ochib berdi. U oʻz nutqida Azim Suyunning oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan beq

01 Jul 04:29
 
3
0
xs.uz

Ikki qitʼani birlashtirgan shahar, dengiz va millionlab sayyohlar — Istanbul shahridan fotoreportaj

Istanbul ' dunyoga mashhur qadimiy majmualar joylashgan, millionlab sayyohlarni oʻziga jalb qilgan shahardir. Ushbu shahar turkiyaliklarning asosiy sanoat, savdo va madaniy markazi hisoblanadi.'Xalq soʻzi' foto muxbiri Istanbul shahrining goʻzal manzaralarini kamera obyektiviga muhrladi.Istanbul shahri geografik joylashuviga, iqlim sharoitiga koʻra, dunyoning hech bir mintaqasida uchramaydigan goʻzal tabiatga ega. Yevropa va Osiyo qitʼasini birlashtirgan Bosfor boʻgʻozi ham aynan ushbu s

13 May 14:39
 
700
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur

18 Jun 21:56
 
204
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,