Pensiyani hisob-kitob qilishda bazaviy miqdor oshirilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda qo'mita aʻzolari "Fuqarolarning davlat pensiya taʻminoti to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartishlar kiritish haqida"gi qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilishdi.
Taʻkidlanganidek, mazkur qonun loyihasi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi"ning 223-bandiga asosan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan pensiyani hisob-kitob qilish uchun o'rtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda.
Taklif etilayotgan ushbu tartib pensionerlarning daromadi va farovonligini oshirish, pensiyalar miqdori bilan ish haqi o'rtasidagi tafovutni kamaytirish, pensiya oluvchi fuqarolarning moddiy farovonligini yanada oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Savol-javoblarga boy bo'lgan yig'ilishda qo'mita aʻzolari tomonidan qonun loyihasi dastlabki tarzda maʻqullanib, Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritishga kelishildi.
Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl
Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda
AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su
AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi
Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres
Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi
Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk