calendar 01 Jul 10:31
eye 61
comments 0
comments Manba: qalampir

Qashqadaryoda buxorolik YPX xodimini mashina urib ketdi

image
image
-

Kecha, 30 iyun kuni Qashqadaryo viloyatida buxorolik Yo'l-patrul xizmati xodimini mashina urib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 10:50 larda Qarshi tumani "Navoiy" MFYda sodir bo'ldi. Buxoro viloyati YPX inspektori safdor M.M. Qashqadaryo viloyatida jamoat tartibini saqlash, yo'l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida maxsus reyd tadbiriga jalb qilingan. 

YPH inspektori taqsimotga asosan Qarshi tumani "Navoiy" MFY hududida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtida, shu yo'lda Qarshi tumani "Navoiy" MFYda yashovchi fuqaro M.M. Nexia-3 rusumli avtomobilini davlat raqami belgisi yechilgan holatda boshqarib kelayotganini aniqlagan. Natijada fuqaro M.M.ga to'xtash ishorasini bergan. 

Biroq, fuqaro M.M. YPX inspektorining to'xtash haqidagi qonuniy talablariga bo'ysunmasdan avtomobilning old tomoni bilan YPX inspektori safdor M.M.ni urib yuborib, yo'l tarnsport xodisasi sodir qilgan. 

Oqibatda safdor M.M. tan jarohati olib, RShTYoIM Qashqadaryo filialiga tushgan. 

Olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida, huquqbuzar M.M. qonuniy tartibda ushlangan.

Xabarga ko'ra, holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal

16 Apr 09:11
 
22
0
xs.uz

“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida 'Tamaddunlar kesishgan makon' nomli hujjatli filmni tayyorlash ko'zda tutilmoqda.Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan,

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Shu yil 9-aprelda bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari yurtimizning boy tarixi va madaniyati, ajoyib tabiatidan foydalanib, sayyohlarni hozirgidan 2-3 karra ko'paytirish mumkinligini ta'kidlagan edi.Shunday xushmanzara joylardan biri ' Bo'stonliqdagi 'Chorvoq darvozasi' majmuasi. Prezidentimiz o'tgani yili dekabrda uning qurilishini borib ko'rgan edi, yaqinda loyihaning bi

16 Apr 09:12
 
41
0
xs.uz

Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo