
Illustrativ foto
Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha boʻlganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.
Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va kontrakt boʻyicha oʻqiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi toʻlab beriladi.
Kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalarga taʼlim krediti beriladi.
Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – “Yoshlar daftari» ishga tushirilgan.
“Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning nogiron oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam koʻrsatiladi.
Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln soʻmgacha subsidiya ajratiladi.
Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.
Ijtimoiy faol yoshlarga OTMga oʻqishga kirishda imtiyozlar beriladi.
Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 12 turdagi yordam beriladi.
Ayrim yoshlar OTMga oʻqishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan toʻlovlardan ozod etiladi.
“Moziyga sayohat” dasturi doirasida “Yoshlar daftari»ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202