calendar 01 Jul 04:31
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir

Avstraliya Rossiyaga qarshi yana sanktsiya kiritdi 

image
image

Avstraliya hukumati bolalar huquqlari bo'yicha komissar Mariya Lvova-Belova va Rossiya hukumatining uch vaziri, shuningdek, yana 12 nafar mamlakat fuqarolariga qarshi sanktsiyalar qo'llanilishini eʻlon qildi. Bu haqda Avstraliya Ichki ishlar vazirligining bayonotida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, Avstraliya hukumatining avtonom sanktsiyalari Rossiya Federatsiyasi qishloq xo'jaligi vaziri Dmitriy Patrushev, Transport vaziri Vitaliy Savelyev, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi rahbari Irek Fayzullinga nisbatan joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, Nodavlat pensiya jamg'armasi "Gazfond" prezidenti Yuriy Shamalov, tadbirkor Aleksandr Plexov, "Sogaz" direktorlar kengashi aʻzosi Mixail Klishin, "Rosgeologiya" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Gorkov, Rossiya tijorat ko'chmas mulk bozoridagi kompaniya - "Kiyevskaya ploshad" kompaniyasi asoschisi God Nisanov, AFK "Sistema" xoldingining sobiq prezidenti Evgeniy Novitskiy, ESN kompaniyalar guruhi egasi Grigoriy Berezkin va "Merkuriy" kompaniyalar guruhi prezidenti Igor Kesayev.

Shuningdek, ro'yxatga tadbirkor Igor Putin, "Sogaz" sug'urta kompaniyasi boshqaruvi raisi o'rinbosari Mixail Putin, "MRT kompaniyalar guruhi" direktorlar kengashi raisi Roman Putin va "Milliy media guruhi" direktorlar kengashi raisi Alina Kabayeva ham kiritilgan. 

Shu kungacha Ukraina atrofidagi voqealar tufayli Avstraliya 828 nafar Rossiya va Belarus fuqarolariga, jumladan, ikki davlat Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoga, shuningdek Rossiyaning 47 ta yirik korxona va tashkilotiga nisbatan sanktsiyalar joriy qilgan. Bundan tashqari, qurol va butlovchi qismlar, xom ashyo va neft va gaz qazib olish uchun uskunalar eksporti, Rossiyadan energiya, qurol va o'q-dorilarni olib kirish taqiqlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-