calendar 01 Jul 04:20
eye 85
comments 0
comments Manba: xs

Muqobil energiya: 30 yillik uzluksiz taʼminot kafolati

image

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimizda elektr energiyasiga boʻlgan talabning ortishi manba taqchilligiga ham sabab boʻlmoqda. Bu esa uning muqobil turlaridan foydalanishni taqozo etadi. Shu nuqtayi nazardan hukumatimiz tomonidan yashil energiyani qoʻllashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlami kengaytirilmoqda. Binobarin, shu yilning 10-iyun kuni davlatimiz rahbari raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida energiya taʼminotida barqarorlikka erishishdagi eng samarali yoʻl yashil energiyadan foydalanish ekanligi taʼkidlandi.

— Yashil energiyadan foydalanish orqali nafaqat taʼminotda barqarorlikka, balki iqtisodiy samaradorlikka ham erishish mumkin, — deydi Andijon shahridagi “Chinor” mehmonxonasi bosh menejeri Axrorbek Mamajonov. — Masalan, 88 oʻrinli mehmonxonamiz toʻliq muqobil energiya hisobiga ishlaydi. Buning uchun binoning tom qismidagi 180 m/2-maydonga quyosh panellarini oʻrnatdik. Natijada bir yilda 300 ming kilovatt elektr energiyasi, 240 ming metr kub tabiiy gazni tejayapmiz.

Hisob-kitobga koʻra, quyosh panelini oʻrnatish bilan bogʻliq 210 million soʻmlik loyiha bir yarim yil ichida oʻzini oqlaydi va 30 yil davomida beminnat xizmat qiladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
56
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan

17 May 21:46
 
45
0
xs.uz

“Portlash emas, sizib chiqish”: Qoʻqonda nima gaplar?

Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan 'Indorama Kokand Fertilizers html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Chemicals' zavodida yuzaga kelgan holat boʻyicha rasmiy izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda zavodda portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritilar ekan, voqea portlash emas, balki suyuq ammiak moddasi sizib chiqishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilindi.Zavod maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, suyuq ammiak mo

01 Jul 04:28
 
35
0
xs.uz

Energiya va suv resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda mamlakatimizda energetika sohasini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda hisob-kitob tizimini shaffoflashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, sohada yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish, javobgarlikni kuchaytirish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylangan.Huquqni

01 Jul 04:28
 
34
0
xs.uz

Hokimlar yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yoʻlga qoʻyadi

Respublika boʻyicha 15 mingga yaqin oʻquv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. Soʻnggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.Fursatdan foydalanib, davlat rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi koʻrsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganayotgan yoshlarni koʻpaytirishga chaqirdi, buning uchun har qanda