calendar 01 Jul 03:32
eye 141
comments 0
comments Manba: qalampir

Dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari nomi eʻlon qilindi

image
image

Ispaniyaning "Marca" nashri 2021-2022 mavsumning eng yaxshi 25 ta yosh futbolchisidan iborat ro'yxatni tuzdi. Ushbu reytingning birinchi o'rnini "Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior egallagan.

Ikkinchi pog'ona ko'pchlik uchun kutilmaganda, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandga nasib etdi. O'tgan mavsumning katta qismini jarohat tufayli o'tkazib yuborganligi ham Xolandga to'sqinlik qilmagan.

Kuchli uchlikka Kataloniyaning "Barselona" jamoasi yarim himoyachisi Pedri yakun yasab bergan. Pedri "ko'k anorranglilar" uchun o'ta omadsiz o'tgan mavsumda ham o'zining eng yaxshi sifatlarini ko'rsata oldi.

Qayd etish joizki, ushbu reytingga 2021-2022 yilgi mavsumning boshlanishi vaqtida 21 yoshdan oshmagan futbolchilar kiritilgan.

Dunyoning eng kuchli 10 nafar yosh futbolchisi bilan tanishing:

1. Vinisius Junior ("Real Madrid");

2. Erling Xoland ("Borussiya Dortmund"/"Manchester Siti");

3. Pedri ("Barselona");

4. Dushan Vlahovich ("Fiorentina"/"Yuventus");

5. Fil Foden ("Manchester Siti");

6. Jud Bellingem ("Borussiya Dortmund");

7. Gavi ("Barselona");

8. Orelyen Tchuameni ("Monako"/"Real Madrid");

9. Antoni ("Ayaks");

10. Sandro Tonali ("Milan").

Eslatib o'tamiz, nufuzli "Transfermarkt" portali dunyoning eng qimmat futbolchilaridan iborat reytingni tuzgandi.

Avvalroq, O'zbekistonning eng qimmat futbolchilari haqida maʻlumot berilgandi. Shuningdek, joriy yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekistonda o'tkazilgan futbol bo'yicha Osiyo kubogi U-23 ning eng qimmat tarkibga ega jamoalari haqida xabar qilingandi. Qolaversa, Osiyo qitʻasining narxi "osmon" futbolchilaridan iborat reyting ham tuzilgan.

Maʻruf Abdumalikov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
46
0
xs.uz

Toshkentda golf bo‘yicha xalqaro turnir boshlanmoqda

Mazkur musobaqa avvallari Qozog'iston va Turkiyada o'tkazilgan bo'lib, bu gal unga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.Bu yilgi bahslarda O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Hindiston, Qirg'iziston va Rossiyadan 8 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi.

08 Jun 02:27
 
162
0
xs.uz

Luka Modrich oʻziga klub topdi

'Real Madrid' bilan shartnomasini yakunlagan xorvatiyalik yulduz Luka Modrich 'Milan'ga erkin agent sifatida oʻtishi mumkin. Italiya matbuotining xabar berishicha, Modrich bilan muzokaralar tez surʼatda davom etmoqda. Di Marzio maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi soatlarda futbolchi klubga ijobiy javob bergan.'Goal'ning yozishicha, 'Milan' Modrich bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan va endilikda faqat rasmiylashtirish qolgan. Bu ham tez orada sodir boʻlishi kutilmoqda. 38 yoshli yarim himoyachi o

31 May 08:50
 
37
0
xs.uz

Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz

Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.

31 May 08:50
 
119
0
xs.uz

Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz

Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.