calendar 03 Jun 15:21
eye 51
comments 0
comments Manba: xs

Shifokorga qoʻshimcha ish haqi, tadbirkorga esa buzib tashlangan doʻkoni uchun kompensatsiya undirib berildi

image

Foto: Illustrativ foto

Yurtimizda inson qadrini ulugʻlashdek ulugʻ va ustuvor maqsad yoʻlida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda fuqarolar qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, xususan, ularning murojaatlari bilan ishlash samaradorligiga alohida eʼtibor qaratilayotir. Namangan tumani adliya boʻlimiga kelib tushgan va qisqa muddatda yechimini topgan ikki murojaat buning amaliy tasdigʻidir.

Namangan tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha mobil brigadaga jalb qilingan shifokor unga 6 foizlik kunlik ustama toʻlovi 2020-yil oktyabr oyidan buyon toʻlanmay kelinayotgani haqida murojaat qildi. Aniqlanishicha, shifokor Yangi yil, Navroʻz, Hayit bayramlarida ham mukofot puli olmagan, dam olish kunlarisiz ishlagani uchun qoʻshimcha haq toʻlanmagan. Oʻrganishlar asnosida fuqaro murojaatida keltirilgan holatlar toʻliq isbotini topdi va tuman adliya boʻlimi aralashuvi bilan unga 12 million soʻm moddiy ragʻbatlantirish toʻlovi fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudi qaroriga asosan toʻla undirib berildi.

“Katta Toshbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini, Mustaqillik koʻchasida yashovchi S. Bozorovani anchadan buyon sarson qilib kelayotgan muammo ham huquqshunoslar yordami bilan yechimini topdi. Gap shundaki, fuqaroga tegishli savdo doʻkoni “Obod mahalla” dasturi doirasida «snos»ga tushib, buzilgan boʻlsada, kompensatsiya toʻlovi amalga oshirilmagan. Hatto oʻsha vaqtda tadbirkorga bino-inshootni baholatish imkoniyati ham berilmagan. Oʻrganish chogʻida Namangan tuman hokimining yuqoridagi masala yuzasidan farmoyishi ijrosi boʻyicha komissiya ham tashkil qilinmaganligi hamda S.Bozorovaga tegishli boʻlgan bino-inshootga nisbatan toʻlov miqdori va turi belgilanmagani aniqlandi.

Adolat, vaqt oʻtib boʻlsada, yuzaga chiqdi. Tadbirkorning savdo doʻkoni binosi buzilishi natijasida yetkazilgan zararni toʻliq qoplash majburiyatini yuklashni soʻrab fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sudning hal qiluv qarori bilan 55 million soʻmdan ziyod mablagʻ uning hisobiga oʻtkazildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

Yangi O'zbekistonda 'Inson qadri uchun, inson baxti uchun' degan ezgu g'oya asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli xalqimiz farovonligini oshirish, ko'pmillatli jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilmoqda.Bularning barchasi bag'rikenglik, saxovat va shukronalik timsoli bo'lgan muborak Ramazon oyini mamlakatimizda tinch-totuv, fayzli va shukuhli muhitda o'tkazishda muhim ahamiy

22 Mar 08:54
 
57
0
xs.uz

Toshkent viloyatida Navroʻz katta tantana bilan nishonlandi — Fotoreportaj

Toshkent viloyatida 'Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navroʻz umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.​​Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilyonlar oʻrtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.​​​​​Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali bayram dasturi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barch

16 Apr 15:12
 
24
0
xs.uz

Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t

18 Apr 11:07
 
26
0
xs.uz

Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash javonlari oʻrnatildi

Xalqaro terminaldagi javon joʻnash terminalining 1-qavatida joylashgan boʻlib, 24 soat davomida ishlaydi. Yuklarni bir soat saqlash uchun narx uning hajmiga qarab 15 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha etib belgilangan. Yuklar uchun standart (60x50x80 sm), oʻrta (90x50x80 sm) va katta (180x50x80 sm) hajmdagi oʻlchamlar mavjud. Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan. U ham kun-u tun faoliyat koʻrsatad