calendar 22 May 03:10
eye 15
comments 0
comments Manba: daryo

Farg‘onada tomorqasida 60 tup kannabis parvarishlab kelayotgan fuqaro aniqlandi

image

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 11-may kuni kannabis giyohvand moddasini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tumani IIB TEQKB va JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Qudash” MFY hududida yashovchi fuqaro P.Y.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 60 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda tomorqasida 50 tup kannabisni parvarishlab kelayotgan fuqaro ushlangani, Farg‘onada tomorqasida 60 tup ko‘knori yetishtirayotgan shaxs aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:23
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekiston oʻzining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin

Hujjatga koʻra, tomonlar Oʻzbekistonda blokcheyn texnologiyasini, stabil tokenlarni va aktivlarni tokenizatsiya qilishni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda iqtisodiy oʻsish va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishda hamkorlik qiladi.Oʻzaro hamkorlik, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, CBDC (Central Bank Digital Currency) va aktivlarni tokenizatsiya qilish texnologiyalarini joriy etish, blokcheyn va kripto-aktivlar texnologiyalari sohasida a

23 Apr 03:36
 
16
0
xs.uz

Nurobod chinnigullari Rossiyaga eksport qilinmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Butun dunyo boʻylab chinnigullarning 300 dan ortiq turlari mavjud boʻlib bugungi kunda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 'Sazagʻon' mahallasida joylashgan 'SAM AGRO FLORA' MCHJga qarashli issiqxonalarda ularning 30 ga yaqin turi parvarishlanmoqda.1,6 gektar maydondagi mazkur 2 ta issiqxonada har hafta umumiy qiymati 5 ming dollar boʻlgan 50 ming dona chinnigullar yetishtirilib, ichki bozorlarga chiqariladi va Rossiyaga eksport qilinmoqda.' 'SAM AG

10 May 13:30
 
3
0
postda.uz

BIR SO‘ZLI INSON EDI

Daurxan Mansurov 1944-yil 18-may kuni Konimex tumanida tavallud topgan. Otasi cho‘pon bo‘lib, farzandlarining o‘qimishli bo‘lishi uchun harakat qildi. U 8 farzandni voyaga yetkazdi. Ular orasida Daurxan uchinchi farzand bo‘lib, o‘ta jiddiy va qat'iyatliligi bilan ajralib turardi.U harbiy xizmatdan so‘ng milisiya xodimi bo‘lishga qaror qildi. 1974-yilda IIV Oliy milisiya maktabini tamomlagan qahramonimiz Navoiy viloyati Karmana tumani IIB Tergov bo‘limida o‘z faoliyatini boshl

10 May 13:30
 
5
0
postda.uz

IZLAR JINOYАTNI FOSН ETADI

Bekobod tumani IIB ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 46 marotaba voqea joyini ko‘zdan kechirib, ashyoviy dalillar olishdi, 185 marotaba qidiruv va tergov harakatlarida qatnashishdi. Shu bilan birga, gumondor, jabrlanuvchi, muqaddam sudlangan, profilaktik hisobda turgan va jinoyat qilishga moyil bo‘lgan shaxslardan olingan 2680 ta qo‘l-barmoq izi daktokartalari viloyat IIBB EKM ADTT bazasiga kiritish uchun jo‘natildi. Kimyoviy, daktiloskop