calendar 10 May 13:30
eye 49
comments 0
comments Manba: postda.uz

BIR SO‘ZLI INSON EDI

image

Daurxan Mansurov 1944-yil 18-may kuni Konimex tumanida tavallud topgan. Otasi cho‘pon bo‘lib, farzandlarining o‘qimishli bo‘lishi uchun harakat qildi. U 8 farzandni voyaga yetkazdi. Ular orasida Daurxan uchinchi farzand bo‘lib, o‘ta jiddiy va qat'iyatliligi bilan ajralib turardi.

U harbiy xizmatdan so‘ng milisiya xodimi bo‘lishga qaror qildi. 1974-yilda IIV Oliy milisiya maktabini tamomlagan qahramonimiz Navoiy viloyati Karmana tumani IIB Tergov bo‘limida o‘z faoliyatini boshladi. Halolligi va tirishqoqligi tufayli jamoada hurmat-e'tibor qozondi. O‘zbek, qozoq, rus tillarida bemalol so‘zlasha olishi tergov jarayonlarida unga juda qo‘l keldi. Shu sababli boshqa hamkasblari Daurxanga doim havas bilan qarashardi.

To‘rt yildan so‘ng u o‘zi tug‘ilib o‘sgan Konimex tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bundan, ayniqsa, oila a'zolari juda xursand bo‘lishdi. Chunki endi u oilasi bag‘ridan xizmatga qatnash, yaqinlari bilan ko‘proq ko‘rishish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. 

Ammo xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi. 1983-yil oxirlarida boshlangan «paxta ishi» g‘avg‘olari uni ham o‘z girdobiga tortdi. Daurxan Mansurov 1985-yilda tergov harakatlari bahonasida gumon qilinuvchi sifatida 6 oy davomida hibsxonada saqlandi. Har kuni uni bir xil savollar berib qiynashar, to yo‘q aybini bo‘yniga olmaguncha qo‘ymasliklarini aytib, do‘q-po‘pisa qilishardi. Biroq unga qo‘yilgan ayblarning hech biri o‘z tasdig‘ini topmadi. Shundan so‘ng gdlyanchilar 1986-yilda xizmatda qoldirishga nomunosib hatti-harakatlar sodir etgan degan uydirma ayb bilan ichki ishlar organlaridan ozod etishgan. 

– Men o‘sha paytlar 7 yoshda edim. Otam «paxta ishi» bo‘yicha tergov qilinib, 6 oy qamoqda yotgan. Onam faqat yig‘lar edi. Otamni sud zaliga olib kirishayotganida bir marta ko‘rganmiz, xolos. O‘shanda juda ham ozib ketgan edilar. Otam juda talabchan, qat'iyatli va bir so‘zli inson edilar. Lekin bizga hech qachon qattiq gapirmaganlar. Yoshim ulg‘aygandan so‘ng otamdan nega sudlanganligi haqida juda ko‘p bora so‘radim. Ammo har gal «Qo‘y, o‘sha mash'um kunlarni eslatma» derdilar. Boshlaridan o‘tkazgan qiyinchiliklarni hech birimizga aytmas edilar, – deydi uning o‘g‘li Farhod Mansurov.

Ichki ishlar organlari safidan nohaq bo‘shatilishi uning ruhiyatiga qattiq ta'sir qildi. Shundan keyin na yegan-ichganida, na yurish-turishida halovati bo‘ldi. Oila a'zolari undan qattiq xavotir ola boshlashdi. Har qancha dalda berishmasin, dardini ichiga yutib, og‘ir o‘y-xayollar surishda davom etaverdi. Shu zaylda o‘tgan 4 yil unga go‘yoki 40 yildek tuyuldi. 

– Bir kun otam o‘z haq-huquqlarini talab qilish, adolatni qaror toptirish uchun yana kurashishga qaror qilganliklarini aytib qoldilar. Hammamiz ich-ichimizdan unga muvaffaqiyat tiladik. Chunki bu safar ham yutqizsalar, yana bir marta umidsizlikka tushish otam uchun judayam og‘ir bo‘lishini hammamiz his qilib turardik, – deydi uning qizi Nuriya Mansurova. 

Mayor D. Mansurovning bu galgi urinishlari muvaffaqiyatli yakun topdi. Nihoyat 1990-yil 3-mart kuni Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan ichki ishlar organlari safiga qayta tiklandi. Shundan so‘ng yana 6 yil o‘z kasbiga sadoqat ko‘rsatib, fidoyilik bilan xizmat qildi. U 1996-yili izzat-hurmat bilan pensiyaga kuzatildi. 

Pensiyaga chiqqanidan keyin ham uyda oyoq uzatib o‘tirmadi. 2000-yilga qadar soliq sohasida mutaxassis huquqshunos sifatida ishlab, ko‘plab fuqarolarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi, maslahatlar berdi. Unga turmush o‘rtog‘i Kibira Jalgasova bilan keksalik gashtini surib, farzandlar va nabiralar ardog‘ida umrguzaronlik qilish baxti oz bo‘lsa-da nasib etdi. Barcha adolatsizliklarni metin irodasi bilan yengib o‘tgan bu inson 2013-yili o‘zi tug‘ilgan sanada Yaratganga omonatini topshirdi. 

Bugungi kunda farzandlari turli sohalarda halol mehnat qilib, otasiga rahmat olib kelishmoqda. Jumladan katta o‘g‘li Farhod Mansurov Milliy gvardiyaning Navoiy viloyati boshqarmasi Konimex tumani qo‘riqlash bo‘limi safdor xodimi. Nevaralari ham bobosining yorqin xotirasini yodda tutib ulg‘ayishmoqda. 

Mahliyo XOLOVA,

o‘z muxbirimiz.

Navoiy viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Feb 01:18
 
27
0
xs.uz

FERMER PAXTANI KIMGA SOTISHNI O‘ZI MUSTAQIL HAL QILADI

Shu yilning 17-yanvarida Prezidentimiz tomonidan 'Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo'llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida'gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatni fermerlar, dehqonlar, paxta xomashyosi yetishtiruvchi xo'jaliklar katta quvonch bilan kutib oldi. Bu bejiz emas, albatta. Farmon agrar sohada yangi mexanizmlarni hayotga tatbiq etish va imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.Ushbu hujjat bilan belgilanayotgan chora-tadb

28 Feb 01:18
 
38
0
xs.uz

Toshkentda “UzBuild 2025” va “Woodtech html5-dom-document-internal-entity1-amp-end MebelExpo Uzbekistan 2025” koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda

2025-yil 25-27-fevral kunlari Toshkentdagi 1, 2, 3, 4-pavilonlar va Atrium 2 zalida 'UzBuild 2025' hamda 'Woodtech html5-dom-document-internal-entity1-amp-end MebelExpo Uzbekistan 2025' xalqaro koʻrgazmalari oʻtkaziladi.Ushbu tadbirlar qurilish va mebel sanoatining yetakchi vakillarini bir joyga toʻplash, yangi mahsulot va texnologiyalarni namoyish etish hamda biznes aloqalarni kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.'UzBuild 2025' koʻrgazmasida eshik va derazalar, dekorativ yoritish uskuna

06 Mar 16:12
 
24
0
xs.uz

Jahon banki ishtirokida milliy irrigatsiya tizimi yangilanadi

Faxriddin BOZOROV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda 'Milliy irrigatsiya tizimini takomillashtirish va energiya samaradorligini oshirish' loyihasi ishlab chiqilmoqda. Uning umumiy qiymati 240,5 mln. dollar boʻlib, shundan Jahon bankining ulushi 200 mln. dollarni tashkil etadi.Loyiha 2025-2030-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida amalga oshiriladi. Ushbu hududlarda 8 ta kanalni rekonstruksiya qilish koʻzda tutilgan. Buning natijasida 232

06 Mar 16:12
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekiston-Slovakiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi

Bu hamkorlik ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar yaratib, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.Shu bilan birga, shu yilning aprel oyida Slovakiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi rejalashtirildi. Tashrif doirasida biznes forumi hamda 'B2B' uchrashuvlar oʻtkazilishi belgilandi.Taʼkidlash joiz, Slovakiya Savdo-sanoat palatasi 1992-yilda tashkil topgan boʻlib, yetakchi biznes uyushmalaridan biri hisoblanadi.