calendar 10 May 13:30
eye 100
comments 0
comments Manba: postda.uz

IZLAR JINOYАTNI FOSН ETADI

image

Bekobod tumani IIB ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 46 marotaba voqea joyini ko‘zdan kechirib, ashyoviy dalillar olishdi, 185 marotaba qidiruv va tergov harakatlarida qatnashishdi. 

Shu bilan birga, gumondor, jabrlanuvchi, muqaddam sudlangan, profilaktik hisobda turgan va jinoyat qilishga moyil bo‘lgan shaxslardan olingan 2680 ta qo‘l-barmoq izi daktokartalari viloyat IIBB EKM ADTT bazasiga kiritish uchun jo‘natildi. Kimyoviy, daktiloskopiya, ballistika, trasologiya, hujjatlarning texnik-kriminalistik va sovuq qurol ekspertizasi yo‘nalishlarida jami 95 ta ekspertiza xulosasi berildi. 

– Boshqa sohaviy xizmatlar bilan birgalikda doimiy ravishda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda, – deydi tuman IIB EKG katta eksperti, podpolkovnik Sobirjon Nizamutdinov. – Bu kasbiy bilim va ko‘nikmalarimizni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Ekspert-kriminalistika guruhida «Ustoz-shogird» an'anasi asosida xizmatni boshlagan yosh xodimlarga tajribali xodimlar murabbiy etib biriktirilyapti. Mazkur an'ana yosh xodimlar kasb sirlarini mukammal egallashiga xizmat qilayotir. 

Mixli SAFAROV,

O‘z muxbirimiz.

Toshkent viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
28
0
xs.uz

“Gohi shodlik, gohi gʻam”: Xorijiy valyutalar yoppasiga pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 24-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,87 soʻmga pasayib, 12 979,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 56,78 soʻmga tushib, 13 513,87 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,64 soʻmga pasaydi va 131,22 soʻmni tashkil qildi.Qayd etish kerakki, soʻnggi uch kunda barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbati ortib borayotgan edi.

27 Jan 00:54
 
24
0
xs.uz

Dollar “uchmoqda”, yevro va rubl ham koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 21-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,09 soʻmga koʻtarilib, 12 975,09 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 21,31 soʻmga oshib, 13 373,43 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,14 soʻmga koʻtarildi va 127,63 soʻmni tashkil qildi.

31 Jan 15:21
 
23
0
xs.uz

Yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025 ' 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.Ayt

31 Jan 15:21
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,78 soʻmga pasayib, 12 963,27 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 13,85 soʻmga pastlab, 13 597,17 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,55 soʻmga koʻtarildi va 132,74 soʻmni tashkil qildi.