calendar 07 Jun 10:44
eye 141
comments 0
comments Manba: postda.uz

«CНAROS» EMAS EKAN...

image

Guliston shahar IIB JXX Terrorizm va odam savdosiga qarshi kurashish guruhi tezkor vakili, kapitan Islom Hazratqulovning jinoyat qidiruv faoliyati orqali yana bir odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. 

Joriy yilning 17-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda Guliston shahar «Obod yurt» mahallasida yashovchi 21 yoshli qiz N. N.ni fohishalik uchun yollashayotgani yuzasidan tezkor ma'lumot olinadi.  

O‘zini «Charos» deb tanishtirgan ayol Dubay shahrida yaqin tanishlari borligi, ishga borsa, mo‘may pul topishini aytib qizni avragan. Unga aviachipta olib, avtomashinada Toshkent xalqaro aeroportiga olib borayotganida Sirdaryo yo‘l-patrul maskanida qo‘lga olingan. Odam savdosiga qo‘l urgan ushbu ayol hech qanday «Charos» emas, Guliston shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Sh.M. ekani ma'lum bo‘lgan. 

O‘z muxbirimiz. 

Sirdaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlayotganini koʻrsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi boʻyicha ishonchni oshirmoqda.Nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari ishlab chiqarishning ijobiy tafovutini qisqarib borishiga va talab tomondan inflyatsion bosimning pasayishiga xizmat qilmoqda.Inflyatsiyaning kutil

11 Jul 15:13
 
64
0
xs.uz

O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik mavzuiy park barpo etiladi 

''Yangi park 'The Grand Serai' nomini oladi. Noyob majmua tarkibiga bir vaqtda bir qancha xalqaro toifadagi obyektlar ' mavsum tanlamas akvapark, attraksionlar parki, mehmonxona, savdo galereyasi, restoranlar va fudkortlar, rekreatsion plyaj hududi kiradi.'Majmua maydoni 28 gektarni tashkil qiladi, shundan 20 gektarini akvapark egallaydi.'''Maxsus 'The Grand Serai' parki uchun Amerikaning 'Legacy Entertainment' kompaniyasi 20 dan ortiq noyob va hayratlanarli attraksionlarni ishlab chiqdi. Ular d

19 Aug 07:04
 
18
0
xs.uz

Qashqadaryoda 1 milliard soʻmdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Qarshi tumanida 1 milliard soʻmdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida 'Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari' AJ'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Oʻzenergoinspeksiya' Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Qarshi tumani Navroʻz MFYda faoliyat yuritayotgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shaxobchasi masʼul shaxslari elektr hisoblagichni oʻzboshimchalik bilan almashtirib, dasturga kiritmagani aniqlangan.Ushbu q

11 Aug 03:44
 
28
0
xs.uz

Xorazmda gʻisht zavodi qariyb 4,8 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagani maʼlum boʻldi

Xorazm viloyatida gʻisht ishlab chiqarish zavodi 4 mlrd 786 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumanidagi gʻisht ishlab chiqarish zavodida yirik oʻgʻrilik holati fosh etilgan.Unga koʻra, Tumandagi 'X.Sh.' MChJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish