calendar 21 May 14:31
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir

Amaldorlar uchun ayrim jarimalarni oshirish rejalashtirilyapti

image
image

Davlat hokimiyati va mansabdor shaxslar tomonidan monopoliyaga qarshi kurashish organi faoliyatiga aralashganlik hamda unga to'sqinlik qilish uchun maʻmuriy javobgarlik belgilanishi mumkin. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan "O'zbekiston Respublikasining Maʻmuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun loyihasida belgilangan.

Maʻlumki, amaldagi kodeksda davlat hokimiyati va mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan ayrim noqonuniy harakatlar uchun, monopoliyaga qarshi kurashish organi faoliyatiga aralashganlik hamda unga to'sqinlik qilish uchun maʻmuriy javobgarlik belgilanmagan. Xususan, qonun loyihasida quyidagi huquqbuzarliklar uchun maʻmuriy javobgarliklar belgilanishi ko'zda tutilgan:

•  Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish, bartaraf etish to'g'risidagi ogohlantirishlarini bajarishdan asossiz bo'yin tovlash, o'z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik uchun - fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;

•  Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, litsenziyalash, ro'yxatga olish, akkreditatsiyadan o'tkazish va ruxsat berish vakolati berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari, yuridik shaxslar birlashmalari mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish, xomashyo, tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishi va realizatsiya qilinishini noqonuniy cheklaganlik uchun - BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;

•  Monopoliyaga qarshi organ faoliyatiga noqonuniy aralashish hamda uning xodimlariga ularga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni qonuniy bajarishlariga to'sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʻsir o'tkazish, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda elektron maʻlumotlar bazalariga monopoliyaga qarshi organning ulanishi va elektron tarzda maʻlumotlarni erkin olishiga to'sqinlik qilganlik uchun - mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima.

Baʻzi huquqbuzarliklarga ham "Raqobat to'g'risida"gi qonunda sanktsiyalar belgilangani, ham Maʻmuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda  jarimalar belgilangan. Bir harakat uchun ikkita javobgarlikka tortmaslik maqsadida quyidagi huquqbuzarliklar uchun kodeksda maʻmuriy javobgarliklar bekor qilinmoqda:

•  xo'jalik yurituvchi subʻyektlarni qo'shib yuborishda, qo'shib olishda hamda aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish bo'yicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish;

•  raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiisteʻmol qilish, xuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish bilan bog'liq bo'lgan huquqbuzarliklar.

Loyihaga ko'ra, baʻzi huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshirilishi ham rejalashtirilyapti. Xususan, monopoliyaga qarshi organga va isteʻmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib haqiqatga to'g'ri kelmaydigan maʻlumotlarni taqdim etganlik uchun jarimalar – fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (hozir BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha), mansabdor shaxslarga 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda (hozir BHMning 3 baravardan 5 baravargacha) oshirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, qonun loyihasida raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzishga doir maʻmuriy javobgarlik to'g'risidagi ishlarni monopoliyaga qarshi kurashish organi tomonidan to'g'ridan-to'g'ri ko'rib chiqish maqsadida ayrim o'zgarish va qo'shimchalar kiritilishi ham ko'zda tutilgan.

Qonun loyihasi muhokamasi 1 iyunga qadar davom etadi.

Abbos Lapasov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

17 May 21:46
 
80
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy

31 May 08:49
 
43
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard

31 May 08:49
 
44
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga