Yengilmas bokschi Errol Spens Yordenis Ugasni mag‘lub etib, uchta kamarni birlashtirdi

AQShning Arlington shahrida 17-aprel kechasi professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Kechaning markaziy jangi yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida IBF va WBC chempioni Errol Spens (28-0, 22 KO) va WBA kamari sohibi Yordenis Ugas (27-5, 12 KO) o‘rtasida kechdi. Errol 10-raunddagi texnik nokaut evaziga Yordenis Ugas ustidan g‘alaba qozondi.
Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng ringga qaytgan 32 yoshli Spens raqibidan faolroq harakat qildi va hujumda ko‘proq vaqt o‘tkazdi. 35 yoshli Ugas esa jangning birinchi yarmida qarshi hujumlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 8-raundda Ugasning deyarli yopilib qolgan o‘ng ko‘zini tekshirish uchun jang to‘xtatildi. Ammo shifokorlar jangni davom ettirish uchun ruxsat berdi. 10-raundda hakam kubalikning ko‘zi jarohatlangani sabab, yana jangni to‘xtatdi. Bu safar shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra jang to‘xtatildi va Spens texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Errol IBF va WBC kamarlari yoniga WBA titulini ham qo‘shib qo‘ydi. WBO kamariga Terens Krouford egalik qiladi.
Spens bundan avvalgi so‘nggi jangida 2020-yilning dekabrida Danni Garsiyani yengandi. Ugas esa oxirgi marta 2021-yilning avgustida Menni Pakyaoga qarshi jang qilib, uni mag‘lub etgandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida (-66,6 kg) o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov (18-1, 10 KO) ham faoliyat olib boradi.
JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi: Oʻzbekiston Qirgʻizistonni magʻlub etib, muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdi
JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 7 turi bahslari doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qirgʻiziston terma jamoasini qabul qildi.Mazkur bahsda hamyurtlarimiz 1:0 hisobida gʻalabaga erishdi hamda muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdi.Uchrashuvning 24 daqiqasida Hojiakbar Alijonovga nisbatan ishlatilgan qoʻpollik uchun qirgʻizistonliklar futbolchisi Said Datsiyevga qizil kartochka koʻrsatilib, maydondan chetlatildi va raqiblar darvozasi tomon penalti belgilandi. Ammo jamoamiz sardori E
BIZ SEN BILAN FAXRLANAMIZ
Sportga qadam qo‘ygan har bir yosh yigit-qizning bir orzusi bor: u ham bo‘lsa chempion bo‘lish, jahon arenalarida vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish.Azizbek orzusiga yetishish uchun tinmay harakat qilmoqda. Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyning 2-bosqichda tahsil olayotgan Azizbek Bahodirov 2–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha «O‘zbekiston kubogi» uchun kurashilgan musobaqada 67 kg vazn toifasida f
Do‘smatov va Bibosinov Xabarovskda yana to‘qnash kelishlari mumkin
-54 kg. vazn toifasidagi holatga e'tibor qarating.Hasanboy Do'smatov ilk davrada tojikistonlik Hasan Salohiddinov bilan bellashadi. Bokschimiz ushbu raqib to'sig'idan o'tsa, unga ukasi Faryozbek Do'smatov raqiblik qilishi kerak. Ushbu juftlik g'olibi esa yarim finalda qozog'istonlik Saken Bibosinov bilan to'qnash kelishi mumkin.
Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada oʻtkazilishi maʼlum qilindi
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi rasmiy Telegram kanali.Unga koʻra, ushbu jang tashkil qilinishi uchun 4-may tongida Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha nomaʼlum boʻlgan raqibi ustidan gʻalaba qozonishlari talab qilinadi.'Naoya Inoue