calendar 08 Apr 14:21
eye 59
comments 0
comments Manba: xs

“Shoʻrobod”ning peshonasi shoʻr shifo maskani

image

Foto: Халқ сўзи

Gap Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi “Shoʻrobod” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan ajabtovur shifo maskani haqida.

51-oilaviy poliklinikaning filiali sifatida faoliyat koʻrsatayotgan ushbu goʻshaga kirgan kishi oʻzini oʻtgan asrning 60 yillariga qaytgandek his etadi.

— Oilaviy poliklinika masalasi hududimiz uchun eng ogʻriqli masala, — deydi mahalla fuqarolar yigʻini raisi Shavkat Hakimov. — Koʻrib turganingizdek, poliklinika bundan chamasi 60 – 62 yil muqaddam qurilgan, ayni damga kelib oʻta taʼmirtalab ahvolga kelgan moslashtirilgan binoda joylashgan. Bu yerda bemorlar tugul shifokorlar uchun ham tuzukroq shart–sharoit yoʻq.

Darhaqiqat, bu yerni shifo maskani degani ham til bormaydi. Muolaja xonasi deb yozilgan xonaga kirib yoqa ushlaysan kishi. Hamshira Sanobar Ochilovaning bildirishicha, bemorlar, xususan, yosh bolali ayollar oddiy bir ukol olish uchun ham 5-6 kilometr yoʻl bosib “Solur” mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikaga borishga majbur boʻlishyapti. Qishda bir xonada choʻyan pech oʻrnatib, oʻtin, koʻmir yoqib xonani isitishadi. Hamma shu xonaga kirib sovuqdan jon saqlaydi.

— Bir paytlar mahallamizda qishloq vrachlik punkti faoliyat koʻrsatardi, — deydi mahalla raisi. — Adashmasam, 2005-yilda faoliyati toʻxtatildi. Binosi buzildi. Biz shu joyni tishimizning kovagida asragandek asrab turibmiz .Koshkiydi, soha mutasaddilarining yuraklari “jiz” etsayu, shu yerda zamonaviy bir shifo maskani qurish tashabbusi bilan chiqishsa... Axir mahallamizda oz emas-koʻp emas, uch ming nafardan ziyod aholi yashaydi.

— Shu masalada yuqori tashkilotlarga bir necha bor murojaat qildik, — deydi yigʻin raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nilufar Jumayeva. — Ammo hozirgacha joʻyali bir javob olganimiz yoʻq.

Suhbatdoshlarimizning taʼkidlashlaricha, hududda zamonaviy bir shifo maskani qurilishi qoʻshni mahallalarning Janapar, Qizilrabot qishloqlari aholisiga ham qulaylik tugʻdirgan boʻlur edi.

Aholiga sifatli, zamon talablariga mos tibbiy xizmat koʻrsatish mamlakatimizda eng ustuvor masalalar sirasida ekan, mutasaddilar shoʻrobodliklarning murojaatiga qachongacha panja orasidan qarashadi, hayronmiz.

Biz shu savolga Qorakoʻl tuman hokimligi, Buxoro viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasidan javob kutamiz.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Apr 02:44
 
36
0
xs.uz

Andijonda quvib oʻtish qoidasini buzgan “Nexia-3” yuk mashinasiga borib urildi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida quvib oʻtish qoidasini buzgan 'Nexia-3' qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasiga borib urildi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea kecha, 12-aprel kuni Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlning 413 kilometrida yuz bergan. Andijon-Shahrixon yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan 'Nexia-3' rusumli transport vositasi haydovchisi I.I. oʻzi

16 Apr 09:12
 
21
0
xs.uz

Prezident modernizatsiya qilinayotgan Andijon xalqaro aeroporti bilan tanishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 15-aprel kuni Andijon viloyatiga keldi.Hududdagi o'zgarishlar 'havo darvozasi'danoq ko'zga tashlanadi. Mamlakatimizda transport tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida Andijon xalqaro aeroporti ham modernizatsiya qilinmoqda.Tashrif chog'ida davlatimiz rahbariga shu haqda axborot berildi.Bu aeroport 1978-yilda qurilgan bo'lib, hozirgi talablarga mos kelmay qolgan edi

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti rahbarini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.O'zbekistonning ushbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.Toni Bler Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va ko'lamini yuksak baholadi, ularni yanada ilgari surish doirasida zarur ekspert-maslahat ko'magini ko'rsatishga tayyorligini bil

23 Mar 16:43
 
57
0
xs.uz

Rossiyada barmoq izlari tekshiruvidan oʻtgan migrantlar patentsiz ishlashlari mumkin boʻladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin chet el fuqarolariga barmoq izlari, yuqumli kasalliklar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtgan boʻlsa, mamlakatda patentsiz ishlashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda 'Kommersant' nashri.Xabarda aytilishicha, Rossiyada patentsiz ishlashni istagan chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar shaxsini aniqlash uchun IIVning hududiy organida barmoq izlari orqali identifikatsiyadan oʻtishlari shart boʻladi.Bundan tashqari, narkotik yoki psixo