calendar 05 Apr 09:32
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir

"Oltin to'p"ni yutishga daʻvogarlar ro'yxati eʻlon qilindi

image
image

Futbol olamidagi eng nufuzli shaxsiy sovrin "Oltin to'p" hisoblanadi. 2022 yilda ham ushbu sovrin uchun kurash qizg'in kechmoqda.

"Francye Football" nashri joriy yilning mart oyida "Oltin to'p" uchun ovoz berish qoidalari o'zgarganini eʻlon qildi. Eng muhimi, mukofot bir kalendar yili uchun emas, balki bir mavsum davomidagi o'yinlar asosida beriladigan bo'ldi.

Bu shuni anglatadiki, joriy yilning noyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan JCh-2022dagi o'yinlar bu yilgi "Oltin to'p" sovrini uchun hyech qanday qo'shimcha imkoniyat taqdim etmaydi. Yaʻni Jahon chempionati 2023 yilgi mukofotni yutish uchun daʻvogarlarga imkoniyat beradi.

Angliyaning "Goal" nashri 2022 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga asosiy nomzodlar ro'yxatini eʻlon qildi.

"Oltin to'p"ni yutishga daʻvogar sifatida eʻtirof etilayotgan 10 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Robert Levandovski ("Bavariya") (51 ta gol 8 ta golli uzatma 2021-2022 mavsumdagi statistikasi);
2. Karim Benzema ("Real Madrid") (37 ta gol 13 ta golli uzatma;
3. Muhammad Saloh ("Liverpul" (30 ta gol 14 ta golli uzatma);
4. Kilian Mbappe (PSJ) (37 ta gol 25 ta golli uzatma);
5. Luka Modrich ("Real Madrid") (6 ta gol 9 ta golli uzatma);
6. Sadio Mane ("Liverpul") (20 ta gol 4 ta goli uzatma);
7. Bernardu Silva ("Manchester Siti") (11 ta gol 7 ta golli uzatma);
8. Riyad Mahrez ("Manchester Siti") (27 ta gol 9 ta golli uzatma);
9. Vinisius Junior ("Real Madrid") (17 ta gol va 13 ta golli uzatma);
10. Trent Aleksandr-Arnold ("Liverpul") (2 ta gol 20 ta golli uzatma).

Maʻlumot o'rnida, "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu reytingda eng oxirgi o'rinda qayd etilgan. Yaʻni Ronaldu 20-o'rinni band qilib turibdi. "Oltin to'p"ning 7 karra sohibi Lionel Messi daʻvogarlar qatoriga kiritilmagan.

Maʻruf Abdumalikov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

12 Apr 21:16
 
34
0
xs.uz

Los-Anjeles — 2028: Akademik eshkak eshish sportida yangi dasturlar kiritildi

Amerikaliklar avvalgi O'yinlardan farqli ravishda yengil vaznli sportchilarning yakkalik dasturini chiqarib, uning o'rniga qirg'oqbo'yida kechadigan yo'nalishni kiritdi. Yakkalik va mikst dasturlarida kechadigan ushbu bahslar Tinch okeani sohillarida tashkil etiladi.To'liq dasturlar: yakkalik (M1x, W1x), juftlik (M2-, W2-, M2x, W2x), kvartet (M4x, W4x, M4-, W4-), sakkizlik (M8+, W8+).Sohilbo'yi poygalari: CM1x, CW1x va mikst.

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi