O‘zbekiston yo‘llarida: Niva piyodani urib ketdi, Nexia boshqaruvni yo‘qotib ag‘darildi

So‘nggi kunlarda mamlakat yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tafsilotlarini taqdim etamiz.
Niva piyodani urib ketdi
Sharof Rashidov tumani “Yaxtanlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Tumanning “Saroylik” mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs boshqaruvidagi Niva bilan yo‘l chekkasida harakatlanayotgan piyodani urib yubordi.
Oqibatda “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladigan jabrlanuvchi bosh miya jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Zominda Nexia urib ketishi oqibatida piyoda shifoxonaga joylashtirildi
Zomin tumani “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi Dashtobod—Zomin 4-R yo‘lining birinchi kilometrida tumanning “Chorvador” qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Nexia bilan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi.
Oqibatda “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladigan jabrlanuvchi bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi, miya komasi, ikkala oyoq sidirilgan jarohati, travmatik shok og‘ir darajasi tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Sharof Rashidov tumanida Nexia ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etdi
Sharof Rashidov tumani “Xayrobod” mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘tuvchi Toshkent—Termiz M-39 yo‘lining 997-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Buloqboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs ixtiyoridagi Nexia boshqaruvini yo‘qotdi va avtoulov yo‘l chetiga ag‘darildi.
Oqibatda salonda bo‘lgan yo‘lovchi, Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilgan shaxs tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani “Chimyobot” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro o‘ng jag‘ sohasining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.
Mavzuga doir:
- Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, Samarqandda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketdi
- Qamchiqda yuk avtomobili yo‘l chetiga chiqib ketdi, Samarqandda Nexia-2 olib qochgan mast erkak Damas bilan to‘qnashdi
- Toshkentda Spark, Malibu va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona
Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo
AQSH moliya vaziri Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim qachon imzolanishini maʼlum qildi
AQSH moliya vaziri Skott Bessent shu hafta Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishi mumkinligini aytdi.Uning taʼkidlashicha, tomonlar kelishuvlarga 'juda yaqin' va hujjat yaqin kelajakda imzolanishi mumkin. Vazir, shuningdek, oʻtgan hafta oxirida Kiyev vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishuv boʻyicha yangi takliflar ilgari surilgani va muzokaralar hali ham davom etayotganini aytdi.Shu yilning 11-12-aprel kunlari Ukraina va AQSH oʻrtasida Ukraina resurslariga o
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada