Surxonchaga o‘ynayotgan otaxonlar, yosh muxlisi bilan selfi qilgan Hosila, ayollar qurshovidagi Mahmud Namozov — Surxondaryodagi Navro‘zdan reportaj

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi Otchopar mavzesida viloyatning Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” bayram tadbirdagi eng qiziq lahzalarni fotokamera xotirasiga muhrladi.
Bayram tadbirida jarqo‘rg‘onliklar tomonidan tashkil qilingan pavilyon.
Foto: “Daryo” / Sherzod Qodirov
Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Tojikiston Respublikasining Tursunzoda shahri, Shahrinav va Hisor tumanlari hamda Xatlon viloyatining Shahrituz va Nosir Xusrav tumani raislari boshchiligidagi Tojikiston delegatsiyasi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi boshchiligida bir guruh faollar va yoshlar ham ishtirok etdi.
Bayram tadbirida viloyatdagi mavjud tuman va shahar hokimliklari tomonidan maxsus pavilyonlar tashkil etilib, o‘sha tumanga xos urf-odatlar ko‘rsatib berildi.
Viloyatning asosiy bayram tadbirida poytaxtdan kelgan san’atkorlar — Mahmud Namozov, Hosila Rahimova, Lola Ahmedova, Shahnoza Otaboyeva hamda Dilafro‘z Hayitmetovalar kuylab, surxondaryoliklar kayfiyatini ko‘tardi.
Bayramda kurash musobaqasi ham tashkil etilib, bosh sovrin 100 million so‘m pul mukofoti uchun murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Kurashda sho‘rchilik Bekmurod Oltiboyev 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 100 million so‘m pul mukofotiga ega chiqqan bo‘lsa, denovlik Shohrux Mahmarasulov 2-o‘rinni olib 20 million so‘mga, uzunlik Zohid Husainov va denovlik Yahyo Imomovlar esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, har biri 10 million so‘mlik pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Bayram munosabati bilan Termiz shahar hokimligi homiyligida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan o‘ndan ortiq oila farzandlarining xatna to‘ylari ham o‘tkazib berildi.
IZLANUVCHAN INSPEKTOR
– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan
Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?
Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbu