calendar 15 Mar 20:11
eye 31
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: Kuchli yomg‘irdan so‘ng suv bosgan Toshkent va Samarqand viloyati ko‘chalari

image

O‘zbekistonda mart oyi boshlaridan buyon yomg‘irli ob-havo davom etmoqda. Yog‘ingarchilik viloyatlar aholisi uchun qator noqulayliklar tug‘diryapti — ayrim ko‘chalarda to‘planib qolayotgan suv haydovchi va yo‘lovchilar harakatini murakkablashtirayotgan bo‘lsa, dovon yo‘llarida o‘pirilishlar kuzatilmoqda. Ayni paytda Samarqand shahrida suv bosgan ko‘cha va uylardagi to‘planib qolgan suvlarni maxsus xizmat xodimlari nasoslar orqali tortib chiqarmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Toshkent viloyati hokimligining ma’lum qilishicha, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnikalar yordamida mahalla ko‘chalariga, ariqlarga hamda aholi hovlilariga to‘planib qolayotgan suvlarni tortish ishlari davom etmoqda.

“Shu o‘rinda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan sarosimaga tushmaslikni, yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelayotgan vaziyatlarda xushyorlik va ehtiyotkorlikni oshirishni so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17—20-mart kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Kuchli yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

23 Mar 16:44
 
74
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
45
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg