calendar 15 Mar 13:12
eye 42
comments 0
comments Manba: daryo

Gullagan shaftolizor, fillarga atalgan bayram, qoplar bilan o‘ralgan haykal. 14-mart suratlari

image

Dunyoning turli nuqtalarida olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Turkiyadagi Gelibolu yarimorolidagi qiziquvchan tulki.

Foto: Getty Images

Xitoyda pandemiya boshlangandan beri koronavirusning eng katta avj olishi kuzatilmoqda.

Foto: EPA

Italiyaning Molfetta portida baliqchilik qayig‘ining dengizchilari.

Foto: Getty Images

Toshkentda novvoyxonaga kelgan unni yelkasida tashiyotgan ishchi.

Foto: Otash Yashin

Valensiyada an’anaviy “Las-Fallas” olov festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: EPA

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Janubiy Karolinada nutq so‘zladi.

Foto: EPA

Yaponiyadagi Takao tog‘ida olov ustida yurish festivali.

Foto: EPA

Los-Anjelesda Critics Choice Awards bo‘yicha mukofot topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Suratda: “Kalmar o‘yini” teleseriali yulduzi Xeo Yong Chung.

Foto: Film Magic

Kiprning Kokkinotrimifiya qishlog‘idagi muhojirlarni vaqtincha ushlab turish markazi.

Foto: “TASS”

Lvovdagi qochqinlar Polshaga ketuvchi poyezdga chiqishni kutishmoqda.

Foto: Getty Images

Quddus yahudiylari Purim bayramini nishonlashga tayyorlanmoqda.

Foto: EPA

Manejnaya maydonida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshi norozilik namoyishi ishtirokchisini hibsga olayotgan politsiya.

Foto: AFP

Myanmaning Yangon shahrida odamlar idishlarga suv olmoqda. Shahardagi elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli minglab odamlar suv tanqisligiga duch kelishmoqda.

Foto: AFP

Qandahorning Jari tumanidagi ko‘knorizorda ishlayotgan fermer.

Foto: AFP

Tailandning Pattaya shahridagi Nong Nooch tropik bog‘ida Fillar kuni nishonlanmoqda.

Foto: Reuters

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari davom etar ekan, Odessa shahri asoschisi — gersog Rishele haykali himoya uchun qum qoplari bilan o‘raldi.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Aitona shaharchasi yaqinidagi gullagan shaftolizorlarni ko‘rish uchun sayyohlar tashrif buyurmoqda.

Foto: EFE

Tailandning Bangkok shahridagi Oltin tog‘ ibodatxonasi orqasida botayotgan quyosh.

Foto: AP Photo


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

20 Mar 12:55
 
78
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti

22 Mar 08:54
 
65
0
xs.uz

Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda

Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.

16 Apr 09:12
 
48
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram