calendar 07 Mar 11:11
eye 50
comments 0
comments Manba: daryo

Muvaffaqiyatga erishish uchun qisqa muddatda katta vazn yo‘qotgan mashhurlar (foto)

image

Ko‘pgina yulduzlar roli uchun hamma narsani qilishga tayyor, ba’zilari esa bir necha hafta ichida 20 kilogrammgacha vazn yo‘qotadi. Bugungi qahramonlar ham muvaffaqiyatga erishish uchun keskin vazn tashlagan. Ammo bu och qolishga, hattoki ayanchli kasallik orttirishga arziydimi?

Kris Pratt

Foto: Pinterest

Superqahramon Kris Prattning o‘zgarishi “Galaktika qo‘riqchilari” ning barcha muxlislariga ma’lum. Uzoq vaqt davomida hech kim komik aktyorni ortiqcha vazni tufayli jiddiy qabul qilmadi: unga faqat ahmoq va semiz odam kabi yordamchi rollar berildi. Biroq 2013-yilda Marvel aktyor bilan qiziqib qolgan va unga shartnoma taklif qilgan. Kris muvaffaqiyat uchun diyeta va mashg‘ulotlarga jiddiy yondashdi. Olti oylik bodibilding va kardio mashg‘ulotlari uni juda chiroyli qomatga ega odamga aylantirdi. Jamoatchilik e’tiborining aql bovar qilmaydigan darajada ortishi va orzu qilingan rol munosib mukofot edi. 2017-yilda Gollivud aktyori hatto Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ham ega bo‘ldi.

Jared Leto

Foto: “Domashniy ochag”

Jared Leto ijodiy faoliyatida bir necha bor vazn yo‘qotgan va semirgan. Aktyor birinchi marta “Orzudagi Rekviyem” filmiga tayyorgarlik ko‘rayotganda parhezga o‘tdi. Unga “27-bob” filmida Jon Lennonning qotili rolini taklif qilishgan, buning uchun u 30 kilogrammgacha vazn olishi kerak edi. O‘z vazniga qaytish uchun yulduz suv, limon sharbati, sirop va suyuq diyetaga o‘tishi kerak edi.

Lekin “Dallas sotuvchilar klubi” filmidagi roli uchun Jared ovqatdan butunlay voz kechdi va faqat suv ichdi, shuning uchun bir necha hafta ichida yana 14 kilogrammni yo‘qotdi. Afsuski, bunday o‘zgarishlar aktyorning sog‘lig‘iga ta’sir qildi va u podagra kasalligini orttirib oldi.

Adel

Foto: “Domashniy ochag”

Ko‘plab musiqa va kino mukofotlari sovrindori Adel do‘mboqqina ko‘rinishi bilan tanilgan. Biroq bir vaqtning o‘zida qo‘shiqchi ozishga qaror qildi va 2017 yilda “Gremmi” mukofotida uni yangi qiyofada ko‘rishdi. Adelning aytishicha, u ko‘proq pilates bilan shug‘ullangan va shirinliklardan voz kechgan. “Men choy ichishni to‘xtatdim va bu yordam berdi. Kulmang. Tasavvur qiling. Men kuniga o‘n piyola choy ichishim mumkin edi. Har bir stakanda ikki kub shakar. Bu kuniga 20 ta kub shakar degani! Qo‘shimchasiga qaymoq ham ... ” — deydi qo‘shiqchi.

Ed Shiran

Foto: “Domashniy ochag”

Ed Shiran o‘zidagi ortiqcha 20 kilodan xalos bo‘ldi. Pop musiqachisi yaqinda “Taxtlar o‘yini”da kichik rol o‘ynadi. Serial muxlislari yulduzning noma’lum askar Lanister rolida paydo bo‘lishiga norozilik bildirdi, shundan so‘ng u Instagram’ini o‘chirib tashladi va hayotni noldan boshladi. U yugurish bilan shug‘ullandi. Ochiq havoda mashg‘ulotlar ajoyib natija berdi: intiluvchan aktyor va qo‘shiqchi vazn yo‘qotishga erishdi.

Natali Portman va Mila Kunis

Foto: “Domashniy ochag”

Natali Portman va Mila Kunis “Qora oqqush” filmidagi balerina rollari uchun deyarli ortiqcha vaznsiz bo‘lishlari kerak edi. Har kuni 8 soat davomida mashaqqatli mashg‘ulotlar va qattiq parhez qizlarni deyarli anoreksiyaga olib kelgan. Natali 10 kilogramm, Mila esa 20 kilogrammni yo‘qotdi. Biroq barcha mehnat behuda ketmadi va film munosib baholandi. Hozirda ular avvalgi vazniga qaytishdi va endi parhezda emas.

Foto: “Domashniy ochag”

Enn Xeteuey

Foto: “Domashniy ochag”

“Xo‘rlangan” musiqiy filmidagi roli uchun Enn Xeteuey suratga olish boshlanishidan 20 kun oldin uzun sochlaridan ayrilishi va 10 kilogramm vazn yo‘qotishi kerak edi! Albatta, bu diyetologlarning yordamisiz bo‘lmasdi, lekin charchagan organizm bunday o‘zgarishlarga dosh bera olmadi va aktrisa suratga olish maydonchasida bir necha marta hushidan ketdi. U kuniga atigi ikkita olma va oqsilli kokteyl iste’mol qilardi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
604
0
xs.uz

26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,Bir eslasam eziladi bagʻri-dilim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Onam 'erkam' deb quchganda tunlar yarim,Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim,Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar,Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,Topganimiz handa

31 May 08:51
 
299
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

17 May 21:48
 
371
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz

17 May 21:48
 
325
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz