calendar 24 Feb 20:11
eye 52
comments 0
comments Manba: daryo

Orol dengizidagi prezident, tosh bo‘rondan berkingan muhojirlar, Bahrayndagi eshaklar poygasi. 23-fevral suratlari

image

Dunyoning turli burchaklaridan olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

“Chilonzor” metro yo‘nalishida kitob o‘qib ketayotgan yo‘lovchi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Kashmir vodiysida kuchli qor yog‘ishi fonida simlar ustida saf tortgan kabutarlar.

Foto: Rex

Toshkent metropolitenining “Hamid Olimjon” bekatida 23-fevral kuni soat 18:30 lar atrofida to‘lov validatori 5-10 daqiqa davomida ishlamay qoldi. Bu holat 2021-yil 1-dekabrda ham kuzatilgandi.

Foto: “Daryo” / Nodirxon Hamidxonov

Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Orol dengizining qurigan joyiga borib, vaziyatni ko‘rdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Poytaxtning Mirobod ko‘chasida yangi tandirdan uzilgan nonlarni sotuv shoxobchasiga olib ketayotgan ishchi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Gonkongdagi bozorda koronavirus antigen test to‘plamlarini sotayotgan sotuvchi.

Foto: AP Photo

Toshkentdagi Eco park’da ota onasi bilan sayrga chiqqan qizaloq rolik uchishdan dam olib odamlarni kuzatyapti.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Meksikadan AQShga ketayotgan vaqtda norozilik namoyishida tosh bo‘rondan himoyalanish uchun stuldan foydalanayotgan migrantlar.

Foto: Reuters

Dubay amiri “yer yuzidagi eng chiroyli bino” deb atagan “Kelajak muzeyi”ning ichki ko‘rinishi.

Foto: EPA

Yunusobod tumani Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab velosipediga og‘ir yuk ortib ketayotgan kishi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Buyuk Britaniyadagi Wet Sleddale suv omboridagi ko‘prikdan o‘tayotganda soyaboni teskari bo‘lib qolgan sayyoh.

Foto: Rex

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning atrofini tozalayotgan ayollar.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Isroilning Hadera shahri sohilidagi elektr stansiyasi yaqinida g‘ovvos yonidan suzib o‘tayotgan akulalar.

Foto: AP Photo

Polshaning AGROunia konservativ agrar siyosiy harakati a‘zolari fermerlar dehqonchilik sanoatidagi narxlarning oshishiga qarshi norozilik namoyishi chog‘ida ko‘chani to‘smoqda.

Foto: EPA

Peloton yetakchilari BAA-2022 velopoygasining Fujayra portidan Jebel Jaisgacha bo‘lgan 181 kilometrlik bosqichida.

Foto: Getty Images

Gonkongdagi koronavirus test markazida onasini kutayotgan bola zinapoyada uxlayapti.

Foto: AFP

Bahraynning Saar shahrida haftalik eshak poygasi oldidan eshaklarini start chizig‘ida ushlab turishga harakat qilayotgan jamoa a‘zolari.

Foto: Reuters


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-