calendar 20 Feb 04:11
eye 46
comments 0
comments Manba: daryo

YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan Toshkentdagi qadimiy Eski shahar ko‘chalariga fotosayohat

image

Toshkent markazidagi qadimiy Eski shahar hududi an’anaviy me’moriy ko‘rinishi bilan poytaxt mehmonlari uchun ham doim qiziq. “Daryo” Eski shahardagi “Hastimom” mahallasida bo‘lib, bir qancha ko‘chalardan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Berk ko‘chalarda adashib qolgan kelinlar...

Sakkiz yildan buyon “Hastimom” mahalla raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan Mavluda Azizovaning qayd etishicha, hududda 440 ta xonadon bor, 6 ming 300 nafarga yaqin aholi doimiy ro‘yxat asosida istiqomat qiladi. Mahalla fuqarolari, asosan, tadbirkorlik va hunarmandchilik ortidan daromad topadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘ttiz yil oldin mazkur mahallaga kelin bo‘lib tushganman. O‘zim ham mahalla tarixiga qiziqib, shu yerda yashovchi keksalardan ma’lumot olishga harakat qilganman. 1997-yilda “Hazrati imom” majmuasining qurilishi munosabati bilan Ohunguzar, Qurilish singari jami beshta mahalla buzilib, qolgan xonadonlar birlashtirilgan va mahallaga “Hastimom” nomi berilgan.

Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, mahallamizda, xususan, Zarqaynarda ham bir-biriga o‘xshash berk ko‘chalar ko‘p. Yangi kelinlik paytimda uyimizni topa olmay, qiynalganman. O‘shanda bekatda yig‘lab o‘tirganimni ko‘rgan qo‘shnimizning bolasi meni tanib qolib, uydagilarga xabar bergan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu kabi holatlar berk ko‘chalarning ichkarirog‘iga kelin bo‘lganlar bilan ham kuzatilgan. Adashib qolgani uchun non do‘konlarini mo‘ljal qilib olgan kelinlarni ko‘rganman. Shuningdek, tanishi yoki qarindoshining to‘yiga kelayotgan mehmonlar adashib, boshqa to‘yga kirib qolganlar ham bo‘lgan.

Kelinlik davrimda hovli uylar o‘rtasida eshiklar bo‘lardi. Qo‘ni-qo‘shnilar o‘sha eshiklar orqali o‘zaro hol-ahvol so‘rashgan. Hozir ham ko‘p xonadonlarning tom qismi bir-biriga tutashgan. Mahalla aholisi o‘rtasida yaxshi qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari saqlanib qolgan, odamlari samimiy”, — deydi Mavluda Azizova.

“Turistik hududga aylantirilsa...”

“Hastimom” MFY vakilining ta’kidlashicha, bu singari xonadonlarni saqlab qolish orqali turizmni rivojlantirish mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Tarixni eslatib turuvchi bu kabi mahallalar ham bo‘lishi kerak. Lekin uylar ancha yil oldin qurilgani uchun qaysidir xonadonlar avariya holatida, ayrimlarida bir nechta oilalar tiqilinch ahvolda yashaydi. Buni o‘zlaringiz ham ko‘rgan bo‘lsalaringiz kerak. Shunday oilalarga yordam berib, ular boshqa hududlarga ko‘chirilsa va bu eski uylardan iborat ko‘chalar turistik hududga aylantirilsa, juda yaxshi ish bo‘lardi”, — deydi u.

“Sayyohlar kelib turadi”

Zarqaynar ko‘chasida umrguzaronlik qilayotgan 70 yoshli Rahmatjon ota Komiljonovning bolaligi ushbu mahallada o‘tgan. Uning bobo-buvilari ham shu yerda yashagan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Oldin bu yerdagi aholining ko‘pchiligi hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. O‘zim ham eshik, deraza yasab, daromad topganman. Odamlar boshqa tuman va mahallaga ko‘chib ketishi natijasida hunarmandlar soni kamayib ketdi. Bir qancha oilalar haligacha beshiksozlik bilan shug‘ullanadi. Tadbirkorlar ham ko‘p.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi boshlangan paytda bu ko‘chalar ham buzilishga kiritilgan edi. Qachon buzilishini bilmaymiz. Bola-chaqasi ko‘p oilalarga bu uylar torlik qilyapti, qiynalyapti. Buning ustiga ichkari mahallalarda kanalizatsiya yo‘q. Yomg‘ir, qor yoqsa, ko‘chalar to‘lib ketadi, yurolmaydigan darajaga keladi. Xonadonlar buzilishini kutib, uy-joyini ta’mirlamayotgan odamlar ham bor.

Mablag‘i yetarli fuqarolarning ba’zilari uyini to‘g‘rilab olgan. Masalan, o‘zim salkam ikki sotixli hovlida kelinlarim va nabiralarim bilan yashayman. Uy-joyimiz torlik qilyapti.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tarixiy ko‘chalar, mahallalar shundayligicha qolsa yaxshi. Lekin uylarning avariya holatiga kelishining oldini olish kerak. Tarixga qiziquvchan xorijlik sayyohlar mahallamizga kelib turadi. Ammo ular soni ko‘p emas”, — deydi Rahmatjon ota Komiljonov.

Zarqaynarda turistik markaz tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil iyunda mutasaddi rahbarlar ishtirokida Olmazor tumani faollari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Davlat rahbari Chorsu bozori, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani — “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etish haqida topshiriqlar bergan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkentning eski shahar qismida hunarmandchilik do‘konlari va rastalari, choyxona, mehmonxonalar hamda kichik muzeylar tashkil qilinishi ta’kidlangan edi.

Prezident oradan yarim yil o‘tib, ya’ni 2022-yilning 21-yanvar kuni Zarqaynar Street Renovation loyihasi bilan tanishdi. Loyihada Zarqaynar ko‘chasini ta’mirlash va “Eski shahar ruhini asrab-avaylagan holda” turistik markaz tashkil etish ko‘zda tutilgan.

YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan mahallalar

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva 2022-yil 3-fevral kuni Toshkent shahridagi bir qator mahallalar YuNESKOning Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Eski shahar mahallalarining madaniy qatlamlarini saqlab qolish bo‘yicha dastlabki qadamlar 2019-yilda Venetsiya arxitektura biyennalesida taqdim etilgan “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” loyihasi ishlab chiqilganda amalga oshirilgan. Mahallalar xalqaro ekspertlar tomonidan ekoarxitekturani tiklash, zamonaviy shaharlarni ommaviy urbanizatsiyadan asrash, shuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qolish usuli sifatida e’tirof etilgan. “Bu jahon miqyosidagi tarixiy voqea hisoblanadi... Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi YuNESKO bilan hamkorlikda yetakchi olim, mutaxassis, arxitektor va tadqiqotchilarni birlashtirdi. Oldimizdan oqqan suvni, ya’ni mahallaning tarixiy qadr-qimmatini, milliy madaniy o‘ziga xosligini anglay boshlaganimizdan juda xursandman”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Ta’kidlanishicha, ushbu hududda hech qanday investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat bo‘lmaydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Toshkentning yuragi bo‘lgan qadimiy Zarqaynar ko‘chasi taqdiriga samimiy qayg‘urayotgan barchaga — jamoatchilik vakillari, faollar, jurnalist va blogerlarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, mahallani asrab qolish loyihasini qo‘llab-quvvatlagani va uni Butunjahon tabiiy va madaniy merosi dastlabki ro‘yxatiga kiritgani uchun YuNESKO tashkilotiga minnatdorlik bildiramiz”, — degan edi Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eski shahar ko‘chalarini piyoda kezarkanmiz, keksalarning salomga alik bilan javob qaytarishi, kichiklarning esa samimiyat ila salom berishiga guvoh bo‘ldik. Zamonaviy qiyofadagi hashamatli binolar qurshovida qolgan ushbu hududda yurib, bedanalarning sayrashini eshitib, o‘zimizni o‘tmish va bolalikka tushib qolgandek his qildik. Bunday tuyg‘u nafaqat mahalliy aholi, balki turistlarning ham ko‘nglidan kechishi, shuhasiz...

Muallif: Mirolim Isajonov

Fotolar muallifi: Madina Nurman


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-