“Ana” tropik bo‘roni Afrika sharqiy sohillarini vayron qildi. O‘nlab odamlar halok bo‘ldi, 100 minglab insonlar o‘z uylarini tark etdi. Malavi, Mozambik va Madagaskardagi tabiiy ofat talafotlari (foto)

Hind okeanining janubi-g‘arbida boshlangan “Ana” tropik bo‘roni 2022-yil 22-yanvarda Afrika sohillariga yetib kelgan. Kuchli shamol va suv toshqinlari Madagaskar, Mozambik va Malavida minglab uylarni vayron qildi, kamida 86 nafar odam halok bo‘ldim 100 minglab kishilar tabiiy ofatdan qochib, xonadonlarini tark etdi va elektr ta’minoti yo‘q yerlarga ketdi. Meteorologiya xizmatlari Hind okeanida yana bo‘ron kuzatilishi haqida ogohlantirgan.
“Ana” sikloni tufayli Madagaskarda kamida 48 nafar odam halok bo‘lgan. Yana 110 mingga yaqin aholi suv toshqinlari sabab o‘z uylarini tark etgan.
Ankasina hududidagi toshqindan talafot ko‘rgan aholi davlat poytaxti Antananarivuga o‘zlari yasagan qayiqlarda suzib bordi. 2022-yil 28-yanvar.
Foto: AFP
Madagaskar poytaxti Antananarivudagi suv toshqinlari. Shahar dengiz sathidan 1240 – 1470 metr balandlikda joylashgan. 2022-yil 23-yanvar.
Foto: Reuters
“Ana” bo‘roni oqibatida Malavida kamida 20 nafar odam halok bo‘lgan. Hukumat tabiiy ofat tartibini joriy qilgan. Mamlakatning asosiy qismi elektr ta’minotisiz qolgan. Qutqaruvchilar o‘zanidan toshgan daryolar yo‘llarni va ko‘priklarni vayron qilgani uchun ko‘plab qishloqlarga yetib bora olmagan.
Malavidagi Chikuava qishlog‘ida suv toshqinlari oqibatida vayron bo‘lgan uyi derazasidan qarab turgan ayol. 2022-yil 26-yanvar.
Foto: Reuters
Ag‘darilgan avtomobilga chiqib olgan odamlar suv toshqinlaridan qochishga intilmoqda. Malavi, Chikuava. 2022-yil 25-yanvar.
Foto: AP Photo
Antananarivudagi Ankorondrano hududidagi ayrim uylarda suv sathi bir metrgacha ko‘tarilgan.
Madagaskar poytaxtidagi yana bir hudud Ankorondranoda boshpanasiz qolgan, Saramasaydagi gimnaziya sport zaliga joylashgan odamlar. Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra Antananarivuda 8400 nafar odam uy-joyini yo‘qotgan, ular 18 ta maxsus binolarga joylashtirilgan. 2022-yil 20-yanvar.
Foto: AFP
Kuchli sel oqibatida uylar tomiga chiqib qolgan avtomobillari. Antananarivudagi Ankadifotsi hududi, 2022-yil 24-yanvar.
Foto: AFP
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Mozambikda “Ana” bo‘roni oqibatida kamida 18 nafar kishi halok bo‘lgan, 500 ming aholiga talafot yetgan. Shuningdek, siklon 10 mingga yaqin xonadonni vayron qilgan.
Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi
Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi: London Moskvani ogʻir ahvolga solib qoʻymoqchi
Buyuk Britaniya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyaga tegishli 25 milliard funt sterlingdan (deyarli 30 milliard yevro) ortiq aktivlarni muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi qoshidagi Moliyaviy sanksiyalarni amalga oshirish boshqarmasi (OFSI) 21-mart kuni maʼlum qildi. London va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan tarixdagi eng qattiq moliyaviy sanksiyalar joriy etilganini qayd etmoqda.OFSI hisobotida qayd etilishicha, 2022-yil fevral oyidagi toʻliq miqyosli urush
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,