“Uchinchi dunyo mamlakatlaridagi holatga o‘xshaydi” — Los-Anjeles yuk tashuvchi poyezdlaridagi o‘g‘riliklar haqida

AQShda Los-Anjeles hududida Union Pacific kompaniyasining pochta posilkalarini ommaviy ravishda o‘g‘irlash holatlari kuzatilmoqda. AQSh OAV sodir bo‘layotgan voqealarni falokatli filmalardagi sahnalarga qiyoslagan. “RBK” hodisa haqidagi fotogalereyada filmlardagiga o‘xshash tasvirlar qanday ekanligi haqida ma’lumot bergan. Quyida uni e’tiboringizga havola qilamiz.
AQShning eng katta temiryo‘l kompaniyalaridan biri bo‘lgan Union Pacific Los-Anjeles hududida harakatlangan mahsulot tashiydigan poyezdlardan doimiy ravishda buyumlar o‘g‘irlab ketilayotgani tufayli marshrutni o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, deya xabar qilgan Bloomberg.
Kompaniya rasmiylari politsiya jinoyatchilarga qarshi samarasiz kurash olib bormoqda deb hisoblaydi. Mahalliy sudlarda bunday holatlar mayda huquqbuzarlik deb malakalanadi, qo‘lga olingan bezorilar esa bir sutkadan ham kam qamoqda o‘tiradi, deyilgan kompaniya mansabdori tomonidan Los-Anjeles okrug prokuroriga yozilgan xatda.
“Jinoyatchilar bizning qo‘riqchilarimiz ustidan kuladi, sababi jinoyat oqibatida ularga nisbatan hech qanday jiddiy jazo chorasi ko‘rilmaydi”, — deyiladi Union Pacific maktubida.
Bir yil ichida Los-Anjeles okrugida temiryo‘llardagi o‘g‘riliklar 160 foizga ko‘paygan, ayniqsa oxirgi uch oy ichida bayram mavsumida vaziyat cho‘qqiga ko‘tarilgan. 2021-yil oktabr oyida Union Pacific poyezdlaridagi o‘g‘riliklar soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 356 foizga oshgan.
“Bunday bo‘lishini xayolimga ham keltirmagandim, bunaqasi hali bo‘lmagan. Vaziyat aqlga sig‘maydigan darajada”, — deya bo‘layotgan hodisalarga izoh bergan Union Pacific matbuot kotibi Lupe Valdes. Ayolning so‘zlariga ko‘ra ushbu jinoyatlar uchun xaridorlar to‘lov to‘laydi: “Biz iste’molchi sifatida mana shu ahmoqona holatlar uchun ham tovon to‘laymiz”.
O‘g‘irlangan posilkalarning hisobi mingdan oshgan, deyiladi AQSh ommaviy axborot vositalarining xabarlarida.
“Holatlar xuddi uchinchi dunyo mamlakatida sodir bo‘layotganga o‘xshaydi”, — deya OAVda tarqalgan fotosuratlarga izoh bergan Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom.
Union Pacific’ning buyurtmalarni yetkazib berish xizmatlaridan UPS va FedEx kabi eng katta logistik kompaniyalar foydalanadi. Vaziyat ularning biznesi va mijozlariga ham salbiy ta’sir qilgan, deyiladi Union Pacific bayonotida.
Temiryo‘ldagi o‘g‘riliklar sabab relslar atrofi chiqindilarga — qadoqlangan qutilar parchalari va ochilgan posilkalarning bo‘laklangan qismlariga to‘lgan.
20-yanvarda Los-Anjeles gubernatori Gevin Nyusom (yuqoridagi fotosuratda markazda) Union Pacific temiryo‘liga kelgan, bu yerni chiqindidan tozalash ishlarida qatnashdi va o‘g‘riliklarga qarshi kurash kuchaytirilishini va’da qildi.
“O‘tgan haftada siz ko‘rgan hodisalarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Men kamzulim va bo‘yinbog‘imni yechib keldim, chunki bunga chidab tura olmayan. Jin ursin, bu yerda nimalar bo‘lyapti o‘zi?”, — degan Nyusom.
Ko‘plab huquq-tartibot idoralari kompaniyaning e’tirozlarini e’tiborsiz qoldirgan bir pallada Los-Anjeles okrug prokurori vaziyatga munosabat bildirgan.
“Union Pacific’ning xavotiriga jiddiy qaraymiz va yaqin vaqt ichida vaziyatni muhokama qilib olmoqchimiz”, — deya e’tirozlarga javob bergan prokuror.
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-