Lochin ovi chempionati, buzilish xavfi ostidagi to‘g‘on, qutbdagi ilk tong. 11-yanvar suratlari

ÒDunyoning turli nuqtalarida 11-yanvar kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.
Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Dakar-2022 rallisining 8-bosqichida o‘zining Honda mototsiklida qatnashayotgan amerikalik bayker Rikki Brabek.
Foto: AFP
Hamid Olimjon metro bekati yaqinida odamlardan qo‘rqib uchib ketayotgan bir gala qushlar.
Foto: “Daryo” / Xonzodabegim A’zamova
Qozog‘istondagi tartibsizliklardan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 2-3 milliard dollarga baholanmoqda.
Foto: Getty Images
Mavzuga doir: “O‘zbekistondagi vaziyat Qozog‘istondagidan farq qiladi”. Xorijlik mutaxassislar Lukashenkoning fikrlari haqida
“Ko‘ylakda bo‘lsam ham, velosipedda yaxshi uchaman”. Samarqand ko‘chasida velosipedda uchib yurgan qizaloq.
Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova
Hindistonda koronavirus tahlili uchun namuna topshirayotgan ayol. 20 milliondan ortiq COVID-19 aniqlangan mamalakatlar qatorida AQSh, Hindiston va Braziliya bo‘lib turibdi.
Foto: “TASS”
Mavzuga doir: JSST ikki oy ichida Yevropa aholisining yarmi koronavirusning “omikron” shtammi bilan kasallanishini prognoz qildi
Samarqand shahridagi mahallalarning birida darvozadan ko‘chaga qarab turgan bolakaylar.
Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova
Braziliya rasmiylari kuchli yomg‘ir tufayli Para-de-Minas shahrida to‘g‘on buzilishi xavfi borligini ma’lum qildi.
Foto: Getty Images
Kosta-Rikada yashovchi Nikaragua fuqarolari 14 yildan beri hokimiyat tepasida turgan prezident Daniel Ortegaga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Prezidentlik saylovlari 2021-yil 7-noyabrda bo‘lib o‘tgandi, unda Ortega ketma-ket to‘rtinchi muddatga qayta saylangan.
Foto: EPA
Londonda PS752 reysidagi samolyot halokati qurbonlari xotirlandi. 2020-yil 8-yanvar kuni erta tongda Ukraina xalqaro aviakompaniyalarining yo‘lovchi samolyoti Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, halokatga uchradi. Bortda 168 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan.
Foto: Getty Images
Rubi laqabli ikki oylik kuchukcha Qrimdagi Simferopol aeroporti xavfsizlik xizmati xonasida muolaja olmoqda.
Foto: “TASS”
Murmanskda qutb kechasidan keyingi birinchi tongni kuzatishga chiqqan odamlar. Shimoliy qutbda qish kunlari bir muddat quyosh ufqdan ko‘tarilmaydi. Yoz faslida esa aksi — quyosh ufqqa yaqinlashadi, lekin botmaydi.
Foto: “TASS”
Chilining Ikike shahri tepaliklarida joylashgan Laguna-Verde lagerida yong‘in davom etmoqda. Qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan hududda 100 ga yaqin uy alanga ichida qoldi.
Foto: AFP
Xitoyning Shenyang shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari konkida uchish musobaqasida qatnashmoqda.
Foto: Getty Images
Nortgemptonshirdagi Blekgroundsda HS2 arxeologik qazishmalari paytida topilgan Rim ma’budasining haykali.
Foto: PA
Hindistonning Ollohobod shahridagi Magh Mela festivali oldidan COVID-19 tahlil markazida navbat kutayotgan politsiya xodimlari.
Foto: AFP
Hindiston nazoratidagi Kashmirning Srinagar shahri chekkasida qor bilan qoplangan daladan suv idishini ko‘tarib o‘tayotgan ayol.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Moskvadagi Tesla shou, 56 metrlik qog‘ozga yozilgan “Mulk” surasi, samolyotga urilgan poyezd. 10-yanvar suratlari
- Muqaddas suvda yuvintirilgan ot, Tehrondagi raketalar namoyishi, yomg‘irli Qo‘qon. 7-yanvar suratlari
- Farg‘ona yo‘lidagi tuman, oq va qoralar karnavali, sahrodagi baxtsiz hodisa. 6-yanvar suratlari
- Namoyishlar ichra qolgan Qozog‘iston, masjidga evakuatsiya qilingan odamlar, 700 ta qo‘y va echkidan iborat ulkan shpris. 5-yanvar suratlari
- Arabistonda o‘tayotgan Dakar rallisi, asalarichilarning norozilik namoyishi, birinchi ish kunidagi ibodat. 4-yanvar suratlari
- Prezident taqdirlagan Abdusattorov, Koreyada hosil bo‘lgan muzli devor, pushti tusga kirgan ko‘l. 3-yanvar suratlari
- Vodiydagi yasama YPX mashinasi, Qozog‘istondagi tartibsizliklar, qorda qolgan “Tolibon”. Hafta suratlari
“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi
Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl
“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi
Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar
Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi
Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.