Hokimlikni xayol qilmagan Ortiqxo‘jayev, afsonaviy “Setora”ning sahnaga chiqishi, yilning eng yaxshi hokimlari — “Toshkent yoshlar forumi — 2021”ning yopilish marosimidan fotoreportaj

Toshkent shahrida 2021-yil 20–21-dekabr kunlari “Toshkent yoshlar forumi — 2021” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlar davomida yoshlar mamlakatning taniqli blogerlari bilan suhbatlar, vazirlar bilan muloqotlar, shuningdek, IIBB va Milliy gvardiya xodimlari bilan ochiq muloqot, gender tenglik bilan bog‘liq masalalar muhokamasi o‘tkazildi.
Seshanba, 21-dekabr kuni “Toshkent yoshlar forumi — 2021”ning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Ushbu tadbirning eng asosiy voqealari “Daryo” fotoreportajida.
Tantanali yopilish marosimida poytaxt hokimligi tomonidan 2022-yilda yoshlar siyosatiga oid amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha taqdimot ko‘rsatildi. Bundan tashqari yosh harbiylar va yoshlar ishtirokida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Keyin esa sahnaga prezidentning yoshlar, fan, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa‘dullayev hamda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev taklif etildi. Ular yoshlarni mazkur forumda ishtiroklari bilan tabriklashdi.
Mavzuga doir: “Zavod, fabrika qurib, so‘z san’atidan uzoqroq bo‘libman. Hokim bo‘lish xayolimga ham kelmagan edi” – Jahongir Ortiqxo‘jayev
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Keyin esa bir qator yo‘nalishlarda “yilning eng yaxshilari” taqdirlandi:
- “Yilning eng yaxshi yosh ixtirochisi” — Abbos Nasimov;
- “Yilning eng yaxshi yosh iqtisodchisi” — Abbosxon Jalolov;
- “Yilning eng harakatchan yosh talabasi” — Dilnoza Miraxmedova;
- “Yilning eng yaxshi yosh o‘qituvchisi” — Nazokat Hasanova bo‘ldi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Dastlabki taqdirlash marosimidan so‘ng sahnaga quruvchi kiyimidagi yoshlar chiqdi va raqs namoyish etdi. Marosim boshlovchisining so‘zlariga ko‘ra, “kelajakni yoshlar quradi”.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Shundan so‘ng navbatdagi taqdirlash marosimi bo‘ldi. Unda “Yil davomida samarali ishlagan yosh olim” – Jasurbek Habibullayev, “Yilning ilg‘or yosh IT-mutaxassisi” – Feruzbek G‘ulomov, “Yoshlar o‘rtasida yilning eng yaxshi dizaynerlik loyihasi muallifi” – Fazliddin Anvarov bo‘ldi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Bundan keyin esa shifokorlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining kiyimlarini kiyib olgan yoshlar sahna ko‘rinishi namoyish etdi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Yana bir bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida “Yilning eng malakali yosh shifokori” – Nargiza Eshmetova, “Ekologiya bo‘yicha yilning yosh faoli” – Rasul Axunjanov, “Yilning eng yaxshi yosh blogeri” – Mirali G‘iyosov, “Yilning eng xalqparvar yosh deputati” – Iftihor Ziyoyev hamda “Yil davomida dolzarb mavzularni yoritgan yosh jurnalist” – Amirxon Umarov taqdirlandi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Shundan so‘ng yana bir sahna ko‘rinishi namoyish etildi va unda kulolchilik namunalari, qo‘l mehnati bilan tayyorlanadigan buyumlar taqdim etildi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Sahnaga, shuningdek, Qozog‘istonning Nur-Sulton shahridan tashrif buyurgan mehmon Moldir Bakitjan qizi taklif qilindi va uning ijrosida qo‘shiq yangradi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Yana bir o‘tkazilgan taqdirlash marosimida yosh sportchilar taqdirlandi. Jumladan:
- “Yilning eng yaxshi yosh kurashchisi” – Asliddin G‘afforov;
- “Yilning eng ko‘p g‘alabaga erishgan yosh bokschisi” – Dilorom Najimova;
- “Yilning eng mohir yosh gimnastikachisi” – Madinaxon Rixsiboyeva;
- “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” – Abdurashid Abdullayev deb e’lon qilindi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Bundan keyin navbat afsonaviy “Setora” guruhiga yetib keldi. Ular ijrosida “Ajdodlar” qo‘shig‘i yangradi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
So‘nggi taqdirlash marosimida esa harbiy soha faollari hamda 2021-yilda Toshkentda yoshlar siyosatini amalga oshirishda qo‘shgan ulkan hissasi uchun rahbarlar ham taqdirlandi. Ular:
- “Yilning eng matonatli yosh ichki ishlar xodimi” – Dilmurod Vaxobjonov;
- “Yilning eng jasur yosh milliy gvardiya xodimi” – Orzumurod Norbo‘tayev;
- “Yilning eng yaxshi yosh mudofaa armiyasi xizmatchisi” – Sardor Olimov;
- “Yilning eng jasur yosh favqulodda vaziyatlar xodimi” – Shohruh Saurov;
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
- “Yilning eng yaxshi hokimi” — Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfutdinov;
- “Yilning eng yaxshi hokimi” – Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov;
- “Yilning eng yaxshi prokuratura xodimi” – Shuhrat Xolmatov;
- “Yilning eng yaxshi ichki ishlar xodimi” – Yangihayot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i – Murod Raimov;
- “Yilning eng yaxshi soliq inspeksiyasi xodimi” – Elyor G‘ulomov;
- “Yilning eng yaxshi davlat xavfsizlik xizmati xodimi” – Jahongir Abduqayumov.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Shunday qilib “Toshkent yoshlar forumi – 2021” tadbirlari yakunlandi.
Og‘abek Samisov va Dilruh Isomiddinova tayyorladi.
Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi
Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona
БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС
Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст
Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT
Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi