Janubiy Koreyada COVID-19 bilan kunlik kasallanishlar soni yangi antirekord o‘rnatdi

15-dekabr kuni Janubiy Koreyada koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar va ahvoli og‘ir bemorlar soni rekord darajaga ko‘tarildi, deb yozadi “Interfaks”.
Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida mamlakatda yana 7850 kishida COVID-19 qayd etilgan. 15-dekabr, chorshanba kungi ko‘rsatkich avvalgi chorshanba kuni o‘rnatilgan antirekordni yangiladi — o‘shanda 7174 kishida infeksiya aniqlangandi. Chorshanba kuni ahvoli og‘ir bemorlar soni ham rekord ko‘rsatkichni — 964 kishini tashkil etdi. 70 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi.
Shu bilan birga, mamlakatda “omikron” shtammiga chalinish bo‘yicha yana to‘qqizta holat aniqlanib, mamlakatda ushbu shtamm bilan kasallanganlarning umumiy soni 128 nafarga yetdi.
Janubiy Koreya bosh vaziri Kim Bu Gemning ta’kidlashicha, hukumat virusning tez tarqalishiga qarshi kurashish uchun xususiy yig‘ilishlar ishtirokchilarining maksimal sonini yanada qisqartirish va komendantlik soatlarini tiklash masalasini ko‘rib chiqmoqda.
“Hukumat hozirgi virusli vaziyatni juda jiddiy deb hisoblaydi va ijtimoiy masofaning yanada kuchli sxemasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda” — dedi Janubiy Koreya bosh vaziri COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha hukumat yig‘ilishida.
COVID-19 ga qarshi kurashning yangi choralari tafsilotlari 17-dekabr kuni e’lon qilinishi va keyingi ikki hafta ichida ishga tushirilishi kutilmoqda. Hozirda xususiy yig‘ilishlar poytaxt hududida olti kishi va boshqa joylarda sakkiz kishi bilan cheklangan. Yangi chora-tadbirlar yig‘ilish ishtirokchilarining ruxsat etilgan sonini to‘rttaga kamaytirishi, restoran va kafelarning ishini soat 22:00 yoki yarim tungacha cheklashi kutilmoqda.
Avvalroq Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi “omikron” shtammini yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,
GʻAROYIB DARAXT
Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt. Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg