calendar 14 Dec 08:11
eye 40
comments 0
comments Manba: daryo

Iqlim o‘zgarishi davom etsa, sayyoraning eng mashhur maskanlari qanday holga tushishi aks etgan suratlar

image

So‘nggi o‘n yillikda o‘tgan 125 ming yil ichida eng issiq ob-havo kuzatildi. 1990-yillarning o‘rtalaridan boshlab Yer sayyorasida 28 trillion tonnaga yaqin muzlik eridi. Bu raqam sayyoradagi barcha tirik organizmlarning vaznidan deyarli 28 baravar ko‘p degani. Albatta, muzlikning erishini insoniyat uchun zararsiz deb bo‘lmaydi. Qolaversa, bugungi kunda ko‘plab shaharlar iqlim o‘zgarishi oqibatlarini boshdan kechira boshladi.

Sankt-Peterburg, Rossiya

Foto: AdMe

XXI asrning oxirida Nevadagi shahar haqiqiy Venetsiyaga aylanish xavfi ostida. U yerdagi suv sathi shunday bo‘ladiki, mahalliy aholi faqat qayiqlar yordamida harakatlana oladi. Ichki suv omborining maksimal chuqurligi taxminan 2-3 metrga to‘g‘ri keladi.

Katta to‘siq rifi, Avstraliya

Foto: AdMe

Global isish Avstraliya qirg‘oqlari yaqinidagi Katta to‘siq rifi uchun qattiq zarba bo‘lishi mumkin. Tirik organizmlarning aksariyati o‘zgaruvchan iqlimga moslashishga ulgurmaydi va natijada yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi.

Mumbay, Hindiston

Foto: AdMe

Garchi bugungi kunda Mumbay gullab-yashnagan ulkan shahar bo‘lsa-da, ertaga uning taqdiri nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Yaqin kelajakda u butunlay suv ostida qolishi ehtimoli mavjud. Mahalliy aholi esa xavfsiz yashash uchun joy izlab, qit’aning ichki qismiga o‘tishga majbur bo‘ladi.

Antarktida

Foto: AdMe

Iqlim o‘zgarishi muzli Antarktidaga ham ta’sir qiladi. Ming yillik muzliklarning erishi qit’aga yaqin joylarda yangi orollarning paydo bo‘lishiga olib keladi va qirg‘oq yaqinida joylashgan mamlakatlar ko‘plab yo‘qotishlarga uchraydi.

Rio-de-Janeyro, Braziliya

Foto: AdMe

Global isish Braziliyada juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi, uning qirg‘oqbo‘yi hududlari suv ostida qolishi mumkin.

Alp tog‘lari, Shveysariya

Foto: AdMe

Alp tog‘larida joylashgan sayyohlarning sevimli tog‘-chang‘i kurortlari tez orada qorsiz makonga aylanishi mumkin. Shunday qilib, XXI asr oxiriga kelib chang‘i sportchilari qorlarni ko‘rish uchun 3 kilometr balandlikka ko‘tarilishi kerak.

Amazon tropik o‘rmoni, Braziliya

Foto: AdMe

Amazonning tropik o‘rmonlari bugungi kunda Janubiy Amerika qit’asining deyarli 40 foizini egallaydi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi allaqachon hayvonlar uchun qulay joyni o‘rmon yong‘inlari bilan qurg‘oqchilikka to‘la xavfli hududga aylantiradi.

Gavana, Kuba

Foto: AdMe

Dam olish maskanlari va attraksionlarga to‘la Kuba poytaxti atrof-muhitining o‘rtacha harorati atigi 3 darajaga ko‘tarilsa, butunlay suv ostida qoladi. Insoniyat atmosferaga zararli chiqindilar miqdorini keskin kamaytirsa va haroratning oshishiga yo‘l qo‘ymasagina, Gavanani qutqarib qolishi mumkin.

Pastoruri muzligi, Peru

Foto: AdMe

Bugungi kunda Pastoruri Janubiy Amerikadagi noyob muzliklardan biridir. Haroratning biroz ko‘tarilishi ham ushbu mintaqaning iqlimi va go‘zalligini abadiy o‘zgartiradi.

Male, Maldiv orollari

Foto: AdMe

Hind okeanida joylashgan Maldiv orollari 1100 dan ortiq tekis orollardan iborat. Iqlimning tez o‘zgarishi XXI asr oxiriga kelib suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan ushbu kurort davlatga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.

Split, Xorvatiya

Foto: AdMe

Xorvatiyaning Split shahri qisman suv ostida qolib ketish xavfi ostida. Xuddi shu narsa yaqin o‘n yilliklarda suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan Adriatik qirg‘oqlarining qolgan qismiga ham tegishli.

Ozodlik oroli, AQSh

Foto: AdMe

Global isish Nyu-York hayotiga katta ta’sir qiladi. Okeanlar uning mashhur Ozodlik haykali beligacha ko‘tarilish xavfini tug‘diradi. Shahar ko‘chalarining o‘zi ham sayyohlarni xursand qilishi dargumon: ularning aksariyati suv toshqini zonasida bo‘ladi.

Alyaska, AQSh

Foto: AdMe

Sovuq Alyaska 2050-yilga kelib juda issiq hududga aylanishi mumkin, chunki olimlar Shimoliy Amerikaning aynan shu qismida o‘rmon yong‘inlari soni deyarli 2 baravar oshishini bashorat qilmoqda. Ammo bu hammasi emas, yong‘inlar bilan birga u yerda abadiy muzliklar erib, quruq landshaftlar paydo bo‘ladi.

Bukingem saroyi, London, Buyuk Britaniya

Foto: AdMe

Mashhur Bukingem saroyi ham muammoga duch kelishi mumkin, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Angliya qirolichasi tez orada boshqa quruq joyga ko‘chib o‘tishi kerak.

Venetsiya, Italiya

Foto: AdMe

Adriatik dengizi bo‘yida joylashgan Venetsiya global isish natijasida o‘zining ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin. Agar Italiya hukumati himoyalanishning ishonchli usullarini o‘ylab topmasa, shaharning dengizga eng yaqin hududlari butunlay suv ostida qoladi.

O‘lik dengiz, Isroil

Foto: AdMe

O‘lik dengiz ketma-ket bir necha o‘n yillar davomida bir vaqtlar bosib olingan quruqlik hududini yo‘qotmoqda. Global isishning tobora tezlashib borishi natijasida Yaqin Sharqning asosiy tabiiy diqqatga sazovor joylaridan biri 2050-yilga kelib sayyoradan yo‘qolib ketish ehtimoli mavjud.

Saloniki, Gretsiya

Foto: AdMe

Zamonaviy Gretsiyaning asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan Saloniki yaqin o‘n yilliklarda Venetsiyaga aylanishi mumkin. Iqlimning o‘rtacha harorati atigi 3 darajaga ko‘tarilishi bilan uning ba’zi qismlari sayohatchilarni qabul qila olmaydi.

Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari

Foto: AdMe

Sayyoraning, ehtimol, eng zamonaviy megapolisi Dubay tez orada cho‘lga aylanish xavfi ostida. Garchi bugungi kunda shaharda suv tanqisligi muammosi bo‘lsa-da, kelajakda mamlakat sovutish va toza suv olish uchun yanada yuqori xarajatlarga duch keladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-