Xonanda Adelning yangi albomi AQShda yilning eng ko'p sotilayotgan plastinkasiga aylandi

Xonanda Adelning olti yillik sukuti, albatta, bunga arziydi! Uning yangi «30» deb nomlangan albomi sotuvga chiqarilganidan 5 kun o'tib, barcha rekordlarni yangiladi. Billboard maʻlumotlariga ko'ra, bu vaqt ichida albom 500 000 dan ortiq nusxada sotilgan va Teylor Sviftning rekordini ortda qoldirgan. Endi «30» 2021 yilda eng ko'p sotilgan albom hisoblanadi.
Uning yangi kompozitsiyalari chiqishini butun dunyo kutgandi — 10 million tomoshabin ikki soatlik maxsus «Adele One Night Only» nashrining onlayn translyatsiyasini tomosha qildi, unda Adel o'zining eng yaxshi qo'shiqlarini ijro etdi va Opra Uinfriga intervyu berdi.
Foto: Pinterest
Xonandaning aytishicha, «30» albomi turmush o'rtog'i bilan ajrashishi va o'g'liga bag'ishlangan. «Albom o'g'lim Anjyeloga bag'ishlangan. Men hamma narsani qo'shiqlar orqali aytib berishim kerakligini angladim. U aslida nima bo'layotganini aniq tushundi. Har holda, o'zimni hammasi yaxshi ketayotgandek ko'rsatsam ham», — deydi Adel. "Zamin" yangiliklarini "Instagram"da kuzatib boring
Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun
Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o'zbek filmlarining namoyishini 'Muhabbat bahori' filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.Filmda ikki ijodkor ' O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot y
Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi
Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra