calendar 11 Nov 02:10
eye 36
comments 0
comments Manba: daryo

Qashqadaryolik aka ukasini tiriklayin yoqib yuborishi ortidan hududdagi oshxonalarning tungi vaqtda faoliyat ko‘rsatishiga cheklov o‘rnatilishi mumkin

image

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yashovchi 43 yoshli fuqaroning 38 yoshli ukasini tiriklayin yoqib yuborishi ortidan hududda faoliyat yurituvchi oshxonalar faoliyatiga cheklov o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda mazkur jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z yuritildi.

Viloyat IIB axborot xizmatining bu haqda yozishicha, boshqarma boshlig‘i Shuhrat Sotvoldiyev 2021-yilning 10-noyabr kuni G‘uzor tumanida bo‘lib, mazkur qotillik yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazgan.

“G‘uzor tumani ‘Sovlig‘ar’ MFYda Pachkamar qishlog‘ida yoqilgan holda topilgan murdaning o‘limi yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i hamda tuman IIB mas’ul xodimlari va barcha sektor rahbarlari, mahalla faollari va qotillik jinoyati sodir etgan shaxsning oila a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Sotvoldiyev sodir etilgan jinoyatni yuzaga keltirgan sabab va omillarni atroflicha tahlil etdi”, — deyiladi viloyat IIB axborot xizmatining bu haqdagi xabarida.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda jinoyatning kelib chiqish sabablari va bunga shart-sharoit yaratgan omillar mutasaddi idoralar va mahalla faollarining xatti-harakati muhokama qilingan.

“Spirtli ichimliklar sotilishini nazorat qiluvchi idoralar hududdagi umumiy ovqatlanish joylarini vaqtida tekshirganida ehtimol bu fuqaro spirtli ichimlikka mukkasidan ketmagan va bir insonning umri bevaqt zavol topmagan bo‘lishi ta’kidlandi. Mutasaddilarga hududdagi oshxonalar belgilangan vaqtlarda mijozlarga xizmat ko‘rsatishi, tungi vaqtlarda faoliyat ko‘rsatmasligi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi tavsiya etildi”, — deyiladi muhokama yig‘ilishi haqida xabar bergan mas’ul idora axborot xizmati xabarida.

“Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, qotillik sodir etilgan hudud — M39 xalqaro avtomobil yo‘lidagi Pachkamar qishlog‘ida faoliyat yurituvchi oshxonalar tun-u kun ishlaydi. Qolaversa, qotillik sodir etilgan hudud va marhum yashovchi qishloq — Sovlig‘or o‘rtasidagi masofa 20—25 kilometrni tashkil qiladi.

Bosh prokuratura axborot xizmati bergan ma’lumotda aka ukasini Sovlig‘or qishlog‘idagi choyxonalardan olib chiqib, uyiga olib borgan va rosa kaltaklab, oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lab, uydan olib chiqayotganda soat 22:00 atrofida bo‘lgan. Qotillik esa undan keyin sodir bo‘lgan. Shu boisdanmi viloyat IIB boshlig‘i boshchiligidagi muhokamada qotillik sodir etilgan hududda oshxonalarning tungi vaqtda xizmat ko‘rsatmasligi tavsiya qilingan. Mazkur tadbir xulosasiga ko‘ra, endilikda Pachkamar hududidagi yo‘lovchilarga 24 soat xizmat ko‘rsatuvchi oshxonalar faoliyatiga ham cheklov o‘rnatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘uzorda aka o‘z ukasi E.A. mast holda doimiy ravishda onasi S.D.ni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, janjal qilib kelgani va bu holat 31-oktabr kuni ham takrorlangani uchun rosa kaltaklab, oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lagan holda tiriklayin yoqib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Qotillikda gumonlangan akaga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
51
0
postda.uz

BAXT VA TOTUVLIK OSHYONI

– Turmush o‘rtog‘im bilan bir mahallada ulg‘ayganmiz, bir maktabda tahsil olganmiz, – deydi Mushtariybegim. – Keyin Namangan davlat universiteti qoshidagi akademik litseyni ham birin-ketin bitirdik. IIV Akademiyasiga o‘qishga kirganimda, Isomiddin aka 3-kursda o‘qirdi. Ochig‘i, uydan olisda bo‘lganingda, mahalladoshing, maktabdoshing ko‘zingga boshqacha ko‘rinib ketarkan. Oldinlari uncha gaplashmagan bo‘lsak-da, o‘qish payti hol-ahvol so‘rab, xabardor bo‘lib turar

04 Apr 16:19
 
29
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi

Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats

15 Apr 07:06
 
24
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

“ҚУРАМА”ДА САЙЁР ҚАБУЛ

Миришкор тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Ғайрат Ҳайдаров “Қурама” маҳалласида сайёр қабул ўтказди. Унда маҳалла фуқаролари томонидан турли масалаларга доир мурожаатлар тингланди. Шундан 5 та мурожаат жойида ҳал этилган бўлса, муддат талаб қилувчи мурожаатлар ижроси н