calendar 15 Oct 15:10
eye 41
comments 0
comments Manba: daryo

“Tolibon” uchun narkobiznesdan tushadigan daromaddan voz kechish qiyin bo‘ladi — Putin

image

Giyohvand moddalar ishlab chiqarish muammosi Afg‘onistonda haligacha dolzarb bo‘lib qolmoqda, mamlakat yangi hukumati uchun bunday faoliyatdan tushgan daromaddan voz kechish oson bo‘lmaydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shunday fikrda.

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

“Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish va ularni kontrabanda yo‘li bilan boshqa davlatlarga o‘tkazish muammosi haligacha o‘ta keskin. Afg‘oniston dunyodagi eng yirik afyun ta’minotchisi bo‘lib qolmoqda. Giyohvand moddalar yetishtirishga qarshi kurashishni va’da qilganiga qaramay, “Tolibon” aslida buni uddalayaptimi, o‘zi bu bilan shug‘ullanyaptimi yoki shug‘ullanishni istamayaptimi, menga qorong‘i. Ular avvalgi safar hokimiyatga kelganida, prinsipial jihatdan buni amalga oshirgan va muvaffaqiyatga erishgan. Ammo bugun, ayniqsa, iqtisodiyotdagi inqirozli vaziyatda bunday daromad manbayidan voz kechish oson bo‘lmaydi ”, —dedi Putin 15-oktabr kun bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida.

Rossiya prezidenti “Tolibon” bilan muloqot qilish zarur, lekin ularni tan olishga shoshilmaslik kerak, deb hisoblaydi.

“Tolibon’ni rasman tan olishga shoshilishning keragi yo‘q. Biz ular bilan muloqot qilish zarurligini tushunyapmiz, ammo bu borada ham shoshilmaslik kerak”, — dedi Putin.

Avvalroq “Tolibon” Moskvadagi muzokaralarga taklif qilingandi. 20-oktabr kuni Afg‘onistonning yangi hukumati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Oxirgi marta “Tolibon” delegatsiyasi Rossiyaga iyul oyida hali Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olishidan oldin tashrif buyurgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
50
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

18 Apr 11:08
 
44
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl