Deputat Toshkent viloyati hokimini sudga berganini daʻvo qilmoqda. Hokimlik izoh berdi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani kengashi deputati, O'zbekiston XDP O'rta Chirchiq tumani Kengashi raisi Feruza Babasheva (ijtimoiy tarmoqlardagi taxallusi Aslzoda Jo'rabekovna) o'zining feysbukdagi sahifasida Toshkent viloyati hokimini sudga berganligi va sud majlisi 5 avgust kuni soat 11:00 da bo'lib o'tishi to'g'risida post qoldirgan. Ushbu xabarga viloyat hokimligi Matbuot xizmati izoh berdi.
«Gap shundaki, partiya Markaziy Kengashi sudga murojaat etib, Nurafshon shahar hokimligi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g'ayriqonuniy deb topish hamda shahar hokimining 2018 yil 5 martdagi 79-sonli qarorining partiyaga tegishli bo'lgan 1184,08 kv. metr maydondan iborat bo'lgan mulkka nisbatan qismini haqiqiy emas deb topishni so'ragan.
Shu taqlid daʻvogar tomon (partiya) Nurafshon shahar hokimligi ustidan sudga daʻvo arizasi kiritgan. Biroq deputat F. Babasheva esa o'z feysbuk sahifasida Toshkent viloyati hokimini sudga berganligini taʻkidlab, bu orqali yolg'on maʻlumot tarqatgan va keng jamoatchilik orasida viloyat hokimining shaʻni, qadr-qimmati, ishchanlik va jamiyatdagi obro'siga putur yetkazuvchi fikrlar bildirilishiga zamin yaratgan.
To'g'ri, O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha deputatlarga ko'pgina huquq va vakolatlar berilgan. Biroq bu huquqlarni amalga oshirish boshqalarning huquqlari poymol bo'lishi evaziga bo'lmasligi kerak.
Viloyat hokimi - Prezident vakili.
Shaxs sifatida kimdir kimnidir hurmat qilishi yoki qilmasligi har bir fuqaroning shaxsiy ishi. Biroq, mavjud normalarga ko'ra nafaqat mansabdor shaxsning, balki, har bir fuqaroning obro'si, shaʻniga putur yetkazuvchi material tarqatish uchun javobgarlik borligini eslatib o'tamiz», deyiladi munosabatda.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.